A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


-rasm. Bank menejmentida yuuqori foyda olishning uch sharti



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

2-rasm. Bank menejmentida yuuqori foyda olishning uch sharti. 
 
Xarajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish hamda ish haqi 
to‘lashga sarflanadigan mablag‘lar yig‘indisidir. Xarajat tarkibiga: 
- mahsulot (xizmat) tannarxi; 
- ma’muriy xarajatlar; 
- ijara va foiz to‘lovlari; 
1
Shаrifxo‘jаyеv M., Аbdullаyеv Yo. Mеnеjmеnt: dаrslik. –T.: O‘qituvchi, 2001, 5-b. 
Fоydа


16 
- ish haqi; 
- soliqlar kiradi. 
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashtiriladi. Zero, ishlab 
chiqarish (xizmat) uchun resurslar to‘g‘ri tanlangandagina va ulardan samarali 
foydalangandagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. 
Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija 
keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi. 
Shundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo‘lsa, uning 
narxi ham shuncha baland bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida xaridorning sotib olish 
qobiliyatini pasaytiradi.
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita 
asosiy vazifani bajaradi: 
- resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi; 
- ishlab chiqarish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi. 
Ma’lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo‘lsa, uning 
narxi shuncha baland va binobarin, uni sotib olmoqchi bo‘lganlar shuncha kam 
bo‘ladi. Iqtisodchilar buni narxning cheklovchilik samarasi deb ataydilar. 
Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safining kengayishiga, narxning 
tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan 
bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar bunday ta’sirni narxning ishlab chiqarishga 
turtki vazifasi deb ataydilar. 
Foydaga ta’sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan 
boshqaruvchigina tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishi va oqil qarorni qabul qila olishi 
mumkin.
Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon 
bo‘lishi, pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib, 
sodda qilib aytganda: 
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat 
qilish jarayonidir. 
Menejment fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va 
oqil qaror qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor 
munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda samarali ishlay oladigan yuqori 
malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi 
o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarga boshqaruvning 
zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iborat. 
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga boshqarish muammolariga nisbatan 
qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg‘otishdan iborat. Chunki 
hozir boshqarish asoslarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish 
tizimining xodimlari, kichik, o‘rta va katta jamoalarning rahbarlari, korxona va 
firmalar iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tomonlarini 
boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan 
mutaxassislar bo‘lib yetishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan 
tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasida bo‘ladi.


17 
Barchaga shu narsa ayon bo‘lmoqdaki, har bir faoliyat sohasida, davlat 
boshqaruvidan tortib, jamoani boshqarishgacha professional bilim talab qilinadi. 
Boshqaruv murakkab fan bo‘lib, o‘zining fundamental tomonlari, uslublari, 
telefondan tortib, kompyutergacha texnik vositalari bor. Boshqaruv sohasida 
ishlayotgan har bir mutaxassis ushbu uslub va vositalardan foydalanishni bilishi 
lozim. Boshqaruv yuqori madaniyat, keng bilim va ish tajribasini talab qiladi.
Shunday qilib, boshqaruv keng ma’noda samarali natijalarga erishish uchun 
kam vaqt va kuch sarflab boshqaruv obyektiga (shaxs, jamoa, texnologik jarayon, 
korxona, davlat) uzluksiz ta’sir etish jarayonidir. 
Tijorat banklari ko‘zlangan strategik va joriy maqsadlarga erishish uchun 
samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi rolining nechog‘lik yuqori ekanligi 
bevosita banklarning bajaradigan funksiyalari bilan bog‘liq. Quyidagi rasmda 
zamonaviy banklarning funksiyalari keltirib o‘tilgan. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish