7- rasm. Foiz stavkasi va kutilayotgan foyda aloqasi
8
.
8
Kent Mathews and John Tompson.
The economics of banking.Third edition.“WILY”, 2014
.p.18
Maksimum
kutilayotgan
foyda
Kutilay
otgan
foyda
Foiz stavkasi
29
Yuqoridagi grafikda tasvirlanganidek bankning foiz stavkasi oshishiga mos
ravishda uning kutilayotgan foydasi ham ortadi, chunki foiz stavkasining ortishi
ikki o‘zaro qarama-qarshi jarayon: likvidlilik-foydalilik hamda risklilik
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi oqilona nisbatni ta’minlashga qaratilishi lozim. ravishda
bankning qarzlari daromadlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchidan, kutilayotgan foyda qarz narxi (foiz stavkasi) oshishidan ijobiy
ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan defolt riski darajasi oshishi tufayli kutilayotgan foyda
pasayadi. Muayyan nuqtadan keyin ikkinchi omil birinchisini yengadi va natijada
bankning kutilayotgan foyda/daromadi pasayadi. Kutilayotgan foyda darajasining
pastroq o‘sishi foiz stavkasi o‘sganda ham defolt riskini oshiradi. Foiz stavkasining
muayyan (R*) darajasidan so‘ng defolt riskining ortishi kutilayotgan foyda
miqdorini kuchliroq pasaytiradi. Natijada (R*) foiz stakasidan so‘ng uning ortishi
kutilayotgan foyda miqdorini kamaytiradi. Bu nazariya adabiyotlarda kreditni
muqobillashtirishning endogen nazariyasi deb nom olgan va u ilk bor 1966 yilda
Xodgman (Hodgman) tomonidan kashf etilgan. Hozirga paytda u kreditni
muqobillashtirishda amaliyotda keng qo‘llaniladi.
2.2. Bank menejmentining huquqiy asoslari
Bank operatsiyalari va boshqaruvi samaradorligini oshirish, xizmatlar turini
rivojlantirish uchun har tomonlama asoslangan va xorij mamlakatlarida keng
qo‘llaniladigan strategiyani amaliyotda joriy qilish korxona ustunlikka
erishishining asosiy yo‘lidir. Bank strategiyasi bank operatsiyalari va faoliyatini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan missiya, uzoqni ko‘ra bilish, maqsad va vazifalarni,
bozorda faoliyat olib borish chora va tadbirlarni, amalga oshirayotgan ishlarning
monitoringi va natijalar nazoratini qamrab oladi.
Banklarni boshqarishning mamlakatimizda xuquqiy bazasi yaratilgan va u
doim takomillashib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
tomonidan qabul qilingan “Markaziy bank” to‘g‘risidagi, “Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini
ximoya qilish to‘g‘risida” gi, “Ipoteka to‘g‘risida” gi, “Iste’mol krediti to‘g‘risida”
gi va boshqa qonunlar zamonaviy bank faoliyatini tashkil qilishga xizmat
qilmoqda.
Bank faoliyatini tashkil etishning tamoyillari. Banklar faoliyatini tashkil
qilishning tamoyillarida bank faoliyatini spesikasi bankning zaruriy tarkibiy
bo‘linmalarini aniqlab beriladi. Ixtiyoriy olingan bankada quyidagi bo‘limlar
bo‘lishi mumkin: bank kengashi; boshqaruv, boshqarma, bo‘linma, filial va
boshqalar.
Bank faoliyatini tashkil etishda uning tarkibiy bo‘limlarini to‘g‘ri
taqsimlanishi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Masalan, har bir bankda Bank
Kengashi, Boshqaruv, Ma’muriy boshqaruv, har-xil moliyaviy, tijorat va umumiy
masalalar bilan ishlovchi turlicha bo‘limlardan tashkil topadi.
Bank kengashiga odatda, uning ta’sischilari kiradi. Banklarning ta’sischilari
30
odatda, ham yuridik, ham jismoniy shaxslardan tashkil topadi. Bank kengashi
bankning yillik hisobotini tasdiqlaydi, shuningdek, bank faoliyatini strategik
masalalarini hal qilishda faol ishtirok etishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |