37
texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni
murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning
maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv
sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning
samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‘g‘risidagi ilm, fan
vujudga keldi.
"Ilmiy menejment" maktabi XIX asrning
oxiri XX asrning boshlarida
Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya’ni
"boshqaruvning mumtoz maktabi" deb ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida
amerikalik muhandis va ixtirochi F. Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning
nazariyasi keyinchalik "Teylorizm" degan nom olgan. U yaratgan tizim esa
ishchilarning "siqib suvini olish"ning ilmiy tizimi deb atalgan.
F. Teylor ta’limotining asosiy mazmuni-yollanma ishchilar unumdorligini
oshirishda g‘oyatda va maqbul usullarni izlashdir. Uning prinsiplariga binoan:
mehnatning
har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq puxta
ixtisoslashtirilishi shart;
har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;
har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan
qoidalarga bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak;
yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy
talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;
ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;
boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va
vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash shart.
"Ilmiy menejment" namoyondalari o‘z ilmiy ishlarini asosan korxona,
tashkilot, boshqaruvini takomillashtirishga bag‘ishlashgan. Ular boshqaruvning
quyi
darajasidagi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi
boshqaruv bilan shug‘ullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi
munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv
muammolari bilan shug‘ullana boshladilar.
Teylor va Gilbertlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat
qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‘g‘risidagi
tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq, mumtoz ma’muriy
maktabining asoschilari:
Yirik biznes sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak
tajribali amaliyotchi rahbarlar bo‘lishgan. Ularni tashvishlantirgan
bosh masala -
bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo‘lgan. Shunday maqsad
qo‘yilgan bo‘lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e’tibor
berishmagan, ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan
chiqmagan. Shu sababli ularning yondashuvlari ilmiy metodologik asosga ega
bo‘lmagan.
"Ilmiy menejment" va "mumtoz menejment" namoyondalari mehnatni ilmiy
tashkil qilish usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga
asos solishdi. Bu usulga ko‘ra:
38
rahbarning xodimga bo‘lgan munosabatlari alohidalashtiriladi;
mehnatni rag‘batlantirish qat’iy me’yorlashtirildi;
mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat’iylashtirildi;
mehnatni "jismonan majburlash" joriy qilindi;
yollanma ishchidan "fikrsiz robot" sifatida foydalanish usuli qat’iy
o‘rnatildi.
XX asrning 60-80-yillarida G‘arbda zamonaviy menejment rivojlana
boshlandi. Bu davrda milliy xalqaro korporatsiyalar o‘rtasida
keskin tus olgan
raqobat va inqirozga uchrashlar menejerlarga yangicha yondashish zaruratini
keltirib chiqardi. Ular uchun, birinchidan optimal qaror qabul qilish (resurslardan
oqilona foydalanish) usullariga talab oshgan bo‘lsa, ikkinchidan tashkilotning
barcha tarkibiy qismi o‘rtasidagi murakkab tashkiliy munosabatlarni saqlab qolish
uchun yordam beradigan boshqarish usullariga zarurat tug‘ila boshlandi.
Bu ma’lum darajada ehtiyojlarni qondirishga, menejmentga miqdoriy va
tizimli yondoshishga yordam berdi:
birinchidan, murakkab vaziyat paydo
bo‘lganda murakkab boshqarish muammolarini tushunish, modellashtirish,
miqdoriy usullardan keng foydalanish, ikkinchidan,
tashkilot tarkibiy qismlari
o‘rtasidagi maqsadga muvofiq bo‘lgan tashkiliy munosabatlarni saqlashga yordam
berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: