A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


-bob. Bank menejmentining huquqiy asoslari



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

3-bob. Bank menejmentining huquqiy asoslari 
3.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar 
3.2. Boshqaruv qarorlari tasnifi 
3.3. Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish 
3.4. Qarorlar ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish 
3.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar 
 
Qaror - bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. 
Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga 
yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o‘nlab-
yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim 
javonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga 
yetib olishda transport turini, kasbni tanlash va h.k. Bunday misollarni ko‘plab 
keltirishimiz mumkin. 
Qaror qabul qilish zarurati mavjud holatning bo‘lishi lozim bo‘lgan holat 
bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qat’iy 
belgilab qo‘yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z funksiyasini bajara 
olmaydi. Shu sababli narxlarni erkinlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo‘llari bo‘lganda vujudga keladi 
va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini 
topish uchun rahbar "yetti o‘lchab bir kes" maqoliga rioya qilishi darkor.
Qaror qabul qilish menejerni fikri-zikrini doim band qilib turadigan 
tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va 
kadrlarga oid, tashkiliy va xo‘jalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. 
Menejer qarorni yakkaboshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb 
qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo‘lsagina, 
u maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish 
uchun o‘z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng 
maqbulini tanlash jarayonidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati 
ortib boradi. Iqtisodchilarning fikricha, sex (bo‘lim)ning boshlig‘i qabul qiladigan 
bitta qaror shu sex (bo‘lim)ning besh-olti oylik ishiga ta’sir qilar ekan. Qabul 
qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog‘liq. Ulardan asosiylari 
quyidagilardir: 

qaror qabul qilish jarayonida axborotning to‘laligi va sifati; 

qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati; 

qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechilish darajasi 
(masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish 
tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilarga yetkazish, nazorat qilish va 
bajarilish darajasi va hokazo). 
To‘g‘ri qarorni tanlashda muayyan tamoyillarga tayanish va qarorga bo‘lgan 


42 
talablarni hisobga olish, qabul qilinadigan qaror maqsadini xo‘jalik maqsadiga 
muvofiqlashtirish, mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlariga 
muvofiqligini aniqlash, mehnat va moddiy resurslardan tejamli foydalanish, 
texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olish zarur. 
Qayd qilinganlarni umumlashtirib aytganda, boshqaruv qarorlari quyidagi 
talablarga javob berishi zarur ( 3-jadval). 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish