9
KIRISH
Bank mahsulotlari va xizmatlarini sotish – har qanday kredit tashkiloti
faoliyatida eng muhim bosqichdir. Hozirgi sharoitda bank biznesini rivojlanishi
bank mahsulotlari va xizmatlarini bozorga olib chiqish uchun informasion
texnologiyalardan keng
foydalanish, eng yangi texnikaviy vositalar va ilg‘or bank
texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, xizmatlarning jozibadorligini oshiruvchi
bank uslublarini izlash bilan bog‘liqdir.
Bank
xizmatlari
bozorida
yangi
kiritilayotgan
usullardan
foydalanayotganda bank
marketingini amalga oshirish davomida bank
jarayonlarini takomillashtirishga tayanib va yangi bank texnologiyalaridan
foydalangan holda marketing xizmati istiqbolli mijozlarga xizmatlar to‘g‘risida
to‘liq hajmda axborot taqdim etish va shu tariqa ushbu xizmatlardan foydalanishga
undaydi.
Marketing mavjud mijozlarda yangi ehtiyojlarni vujudga keltirishga
yo‘nalgan bo‘lishi lozim. Bunda reklama axboroti, matbuot,
radio va
televideniedan keng foydalaniladi. Shu maqsadda mijozni xabardor qilishning
telemarketing, internet kabi eng yangi usullaridan ham foydalaniladi. Natijada
bank mijozlarining soni ortib bankka qo‘shimcha foyda olish imkoniyati tug‘iladi,
shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda bugungi kunda tijorat banklarida
“Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” marketing
strategiyasi asosida
faoliyatlarini amalga oshirmoqda
1
.
Bank marketingining asosiy maqsadlaridan biri yangi mijozlarni doimiy
tarzda jalb qilish hisoblanadi va bu borada respublikamiz bank tizimida amalga
oshirilishi zarur bir qator ustivor vazifalar mavjud.
Moliyaviy institut sifatida bank faoliyati likvidlilik holatini saqlab, risklarni
kamaytirib qo‘yilma egalari va aksionerlarning huquqlarini saqlagan
holda yuqori
daromad olishga bog‘liq. Har bir davlat o‘z hududidagi banklar barqarorligiga
alohida e’tibor qaratadi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining zamonaviy
rivojlanish bosqichida bank marketingi va menejmentining samarali boshqaruv
usullaridan foydalanish masalasi o‘zgacha ma’no kasb etadi.
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng
muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagilarga
alohida to‘xtalib o‘tdilar: “Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo –
ular
kapitalining asosiy qismi, ya’ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, o‘z
navbatida, bank sektorida sog‘lom raqobatga to‘siq bo‘lib, xizmat ko‘rsatish
sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-
moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi
lozim.
Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz
davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada
raqobat muhitini yaxshilashga,
tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va
1
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumoti
10
madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi
2
.”
Respublikamizda bugungi kunda davlat va jamiyat qurilishi tizimini tubdan
takomillashtirishga doir beshta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi
Farmoni
3
qabul qilinishi, ushbu muhim hujjat ijro mexanizmini namunali tarzda
yo‘lga qo‘yish, uni amalga oshirishda samaradorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli
vazirlik va tuzilmalar keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borishni talab etmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining
faoliyati foyda olishga
yo`naltirilgan bo`lganligi sababli, bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha
ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda. Chunki tijorat banklarining foydasi bankning
marketing strategisi va menejmentning zamonaviy uslublarini qo‘llash va bank
rivojlanishining asosiy manbasidir.
Hozirda, moliyaviy institut sifatida bank faoliyati likvidlilik holatini saqlab,
risklarni kamaytirib qo‘yilma egalari va aksionerlarning huquqlarini saqlagan
holda yuqori daromad olishga bog‘liq. Har bir davlat o‘z
hududidagi banklar
barqarorligiga alohida e’tibor qaratadi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining
zamonaviy rivojlanish bosqichida bank
marketingi va
menejmentining
samaradorligi masalasi o‘zgacha ma’no kasb etadi.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor
vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so‘zi 29.12.2019 y.
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
07.02.2017 y. www.Lex.uz.