14-BILET
1. Tuzlarning gidrolizi va undagi eritma muhiti.
2. 100 ml suvda 2mol HCl eritilganda hosil bo‘lgan eritmaning massa ulushini toping.
3. Nitrat kislota olinishi va xossalari.
1-savolga javob: Tuzlar ko‘p holatlarda asoslar bilan kislotalarning orasida boradigan reaksiyalar natijasida hosil
bo‘ladi. Bu jarayonda ishtirok etayotgan ionlar kuchli va kuchsiz elektrolitligi bilan farq qiladi. Tuzlar bilan suv
orasida almashinish reaksiyasi sodir bo‘ladi, bu reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir. Yunonchada “gidro” – suv,
“lizis” – ajralish degan ma’noni bildiradi. Tuzlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan
o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi.
Tuzlarning tarkibidagi ionlarga ko‘ra quyidagi gidroliz reaksiyalari farqlanadi:
1. Kation bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari:Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzning
gidrolizi
NH
4
Cl + HOH = NH
4
OH + HCl
NH
4
+
+ Cl
-
+ HOH =NH
4
OH + H
+
+ Cl
-
NH
4
+
+ HOH = NH
4
OH + H
+
Yuqoridagi reaksiyalardan ko‘rinib to‘ribdiki, gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolitlar (NH
4
OH,
Mg(OH)
2
) kationlarning (NH
4
+
va Mg
2+
) suv bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday
reaksiyalar kation bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalar deyiladi. Bu
reaksiyalarda eritma muhiti
kislotali bo‘ladi. Chunki qisqa ionli tenglamalarda vodorod ionlari (H
+
) hosil bo‘lmoqda. Bu esa eritmada vodorod
ionlari (H
+
) gidroksid ionlaridan (OH
–
) ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Natijada kislotali muhit hosil bo‘ladi.
2. Anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari: Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlar.
CH
3
COONa + HOH = CH
3
COOH + NaOH
CH
3
COO
-
+ Na
+
+ HOH = CH
3
COOH + Na
+
+ OH
-
CH
3
COO
-
+ HOH = CH
3
COOH + OH
-
Bu gidroliz reaksiyasida atsetat anionining suv bilan ta’sirlashishi natijasida kuchsiz elektrolit – sirka kislotasi
hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalar deyiladi.
Bu reaksiyalarda eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi. Chunki qisqa ionli tenglamalarda gidroksid ionlari (OH
–
) hosil
bo‘lmoqda. Bu eritmada gidroksid ionlari (OH
–
) vodorod ionlaridan (H
+
) ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.
Natijada
ishqoriy muhit hosil bo‘ladi.
3. Ham kation, ham anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari:
Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlarning gidrolizi.
CH
3
COONH
4
+ HOH=CH
3
COOH + NH
4
OH
CH
3
COO
-
+ NH
4
+
+ HOH = CH
3
COOH + NH
4
OH
Bu gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolitlar (CH
3
COOH, NH
4
OH) ham kation (NH
4
+
),
ham anion
(CH
3
COO
–
) suv bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar ham kation, ham
anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalardeyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti neytral bo‘ladi.
Chunki bu eritmada gidroksid ionlari (OH–) va vodorod ionlari (H+) bir-biriga teng. Natijada neytral muhit hosil
bo‘ladi.
4. Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlari gidrolizga uchramaydi. Gidroliz reaksiyalarini
ta’rifida gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolit hosil bo‘lishi aytilgan edi. Bu reaksiyalarda esa kuchsiz
elektrolit hosil bo‘lmaydi. Bu reaksiyalarda ham eritma muhiti neytral bo‘ladi. Chunki toza suvda gidroksid ionlari
(OH–) va vodorod ionlari (H+) bir-biriga teng.
Cho‘kmalar ham gidrolizga uchramaydi.
Misol qilib, CaCO
3
ni olishimiz mumkin. CaCO
3
suv bilan deyarli
ta’sirlashmaydi. Suv bilan ta’sirlashmagani sababli gidroliz reaksiyasiga kirishmaydi.
Tuzlar gidrolizi
haroratga, eritma konsentratsiyasi va eritma muhitiga bog‘liq.
Gidroliz jarayoni harorat ko‘tarilganda tezlashadi, va aksincha harorat pasaytirilganda sekinlashadi. Masalan: issiq
havoda oziq moddalarining sifatini tezda buzilib qolishi bizlarga ma’lum. Bunga sabab organik mod dalarning
gidroliz reaksiyasi natijasida parchalanishidir. Shu sababdan gidroliz jarayonini
sekinlashtirish uchun ozuqa
moddalarini past haroratda (muzlatkichda) saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: