IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash
Darslikdan mavzu oxiridagi savollarga javob berish.
Atamalar va ular izohini, sanalar va shaxs nomlarini daftarga yozib olish.
1. “Xalqlarning buyuk ko‘chishlari” jarayoniga qanday sabablar turtki bo‘lgan?
1) yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi; 2) mulkiy tabaqalanishning kuchayishi; 3) xunnlarning Sharqdan hujumlari ko‘plab varvar qabilalarini o‘z makonlaridan siljishga majbur etishi; 4) Yevropada iqlimning soviy boshlashi; 5) yangi feodal jamiyatiga o‘tilishi; 6) yer egaligi yangi turlarining shakllanishi; 7) G‘arbiy Yevropada yangi diniy ta’limot – xristianlikning keng tarqalishi.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,3,5,7 D) 2,4,6,7
2. Nimaning natijasida german qabilalarida yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi va mulkiy tabaqalanishning kengayishiga olib keladi?
A) aholi sonining ko‘payib borishi B) xunnlarning Sharqdan hujumlari
C) uqlimning soviy boshlashi D) yangi feodal jamiyatiga o‘tilishi
3. Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi qachondan boshlab ekinzorlarni qo‘riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqliklarga aylantiradi?
A) III asrda B) IV asrda C) V asrda D) VI asrda
4. Qaysi omillar milodiy IV-VI asrlarda xalqlarni yashash va xo‘jalik yuritish uchun yangi qulay hududlarni izlashiga turtki bo‘ladi?
1) yangi diniy ta’limot – xristianlikning keng tarqalishi; 2) yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi; 3) mulkiy tabaqalanishning kuchayishi; 4) xunnlarning Sharqdan hujumlari ko‘plab varvar qabilalarini o‘z makonlaridan siljishga majbur etishi; 5) Yevropada iqlimning soviy boshlashi; 6) yangi feodal jamiyatiga o‘tilishi; 7) aholi sonining ko‘payib borishi; 8) yirik feodal davlatlarning paydo bo‘lishi.
A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 D) 2, 3, 4, 5, 7
5. II-IV asrlarda german qabilalari Rim imperiyasining qaysi chegaralari bo‘ylab joylashgan?
A) sharqiy B) g‘arbiy C) janubiy D) shimoliy
6. Quyidagi ko‘rsatilgan qabilalarda qaysi birlari qadimgi german qabilalariga mansub?
1) pikt; 2) vestgotlar; 3) ostgotlar; 4) vandallar; 5) burgundlar; 6) langobardlar; 7) fin; 8) ugor; 9) tyuring; 10) franklar
A) 2, 3, 4, 5, 6, 10 B) 1, 3, 5, 7, 9 C) 2, 4, 6, 8, 10 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
7. Germanlarda nimaning natijasida xo‘jalikda dehqonchilikning ahamiyati oshadi?
A) mulkiy tabaqalanishning kuchayishi B) aholi sonining ko‘payishi
C) iqlimning soviy boshlashi D) omochdan temir plugga o‘tilishi
8. Germanlar chorvadan tashqari qaysi mashg‘ulot bilan shug‘ullanganlar?
A) dehqonchilik B) hunarmandchilik
C) temirchilik va ovchilik D) parranda boqqanlar, ov va baliqchilik
9. Germanlarda yerga ishlov berish kimlarning yumushi sanalgan?
A) erkaklarning B) urug‘ning C) ayollar va qariyalarning D) yirik oilalarning
Do'stlaringiz bilan baham: |