IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Jadvalni to’ldiring:
t/r
|
Qirol hokimiyati kuchayishi tarafdorlari
|
Markazlashishga qarshilar
|
Markazlashtirishni amalga oshirgan qirollar
|
1.
|
shaharliklar
|
Diniy ruhoniylar
|
Lyudovik VI
|
2.
|
Mayda feodallar
|
Yirik feodallar
|
Filipp II
|
3.
|
O’rta feodallar
|
|
Lyudovik IX
|
V.Dars yakunlarini chiqarish.
O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berish.
O’quvchilar baholarini e’lon qilish.
VI.Uy vazifasini tushuntirish.
1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
2. Yangi mavzuni o’rganib kelish.
3. ”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.
O’IBDO’ ____________________
Jahon tarixi 7-sinf
-
27-Darsning mavzusi: General shtatlari.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga General shtatlari, Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy: Ularda tarixiy davr, voqea haqida tegishli xulosa chiqarish ko’nikmasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi: O’quvchilar tarixiy xotirasi, mantiqiy tafakkuri, siyosiy ongini va dunyoqarashini rivojlantirish.
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: ma’ruza, test, savol-javob
Dars jihozi: darslik, xarita, kartotekalar
Darsning blok chizmasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar eshitish.
II. Uy vazifasini so’rash: Test:
1. Qirol domenidan katta gersogliklar qaysilar?
A. Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya B. Anju, Tuluza, Blua
C. Normandiya, Shampan, Burgundiya D. Flandriya, Parij, tuluza
2. Qaysi qirol Burj va Sansni o’z mulkiga qo’shib oldi?
A. Lyudovik IX B.Lyudovik VI C.Filipp II D.Filipp IV
3. Viloyatlar o’rtasidagi mehnat taqsimotini belgilang.
1)Shampan 2)Normandiya 3)Burgundiya 4)Flandriya
a)temir, tuz; b)vino, zig’ir tolasidan surp c)jun gazlama d) ot, qoramol
A.1-a, 2-b, 3-4-c,d; B.1-2-a,b, 3-d, 4-c C.1-3-b, 2-a,d, 4-c. D. 1-d, 2-3-s,b 4-a
4. Shaharliklarga qiroldan nima kerak edi?
A. soliq tizimini tartibga solish B. graf va gersoglar tazyiqidan qutqarish
C. feodallar o’zboshimchaligini cheklash D.savdoni rivojlantirish
5.FilippII markazlashtirishda kim bilan kurash olib bordi?
A. Angliya qiroli Ioann B. Normandiya gersogi Vilgelm
C.Angliya qiroli Lyudovik bilan D. Flandriya gersogi Ioann bilan
6.Fransiyadan qachondan boshlab soliqning bir qismi pul bilan to’lanadigan bo’ldi?
A.X asrdan B. .XI asrdan C .XII asrdan D. XIII asrdan
7.Fransiyada qaysi tadbir dehqonlarning yerga munosabatini ijobiy tomonga o’zgartirdi? – feodallar o’z yerini dehqonlarga merosiy ijaraga berishi.
8. Fransiya yarmarkasining nomini yozing. - Shampan
9. Filipp II davrida qanday tashkilotlar tuzildi? – qirol kengashi, oily sud, moliya.
10.Lyudovik IX qanday tadbirni amalga oshirgan? – oltin va kumush tanga zarb ettirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |