9-sinf jahon tarixi fanidan


Yuz yillik urushning tugashi



Download 2,61 Mb.
bet83/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   148
Yuz yillik urushning tugashi. Fransuz xalqi ozodlik urushini davom ettirdi. Janna d’Arkning jasorati ming-minglab kishilarni yurt ozodligi uchun kurashga otlantirdi. Tez orada Angliyaning o’zida ham hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Parijda bosqinchilarga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Karl VII qo’shini bilan Parijga kirib keldi. Shu tariqa xalq bosqinchilar zulmidan xalos bo’ldi. Angliya bosib olgan hududlar birin-ketin ozod etila boshlandi. Nihoyat, 1453-yili yuz yillik urush Fransiyaning g’alabasi bilan yakunlandi. Angliya qo’lida Kale portigina qoldi, xolos. Yuz yillik urushda erishilgan g’alabaning eng yirik oqibati, ahamiyati Fransiyani birlashtirishning oxiriga yetkazilishi bo’ldi. Fransiya markazlashgan yagona davlatga aylandi. Butun mamlakat qirol hokimiyatiga bo’ysundirildi. Fransiyaning markazlashgan davlatga aylanishi mamlakat xo’jaligining ravnaq topishida asosiy omil bo’ldi.


Fransiyada mutlaq monarxiyaning qaror topishi. XV asr oxiriga kelib Fransiyani birlash­tirish asosan nihoyasiga yetdi. Bu tarixiy voqea mashhur siyosatchi qirol Lyudovik XI hukm­ronligi davrida (1461-1483) yuz berdi. U o’ta oqilona siyosat yuritdi. Mamlakatda doimiy qo’shin tuzdi. Fransiya toifaviy monarxiyadan mutlaq mo­narxiyaga aylandi. Qirol davlatning ichki va tashqi siyosatini yakka o’zi belgilagan. Davlat ishlarini xohlaganicha boshqargan. Urush e’lon qilish yoki sulh tuzish masalasini ham shaxsan o’zi hal etgan. Maosh olib ishlaydigan davlat amaldorlari unga so’zsiz itoat etganlar.


Mamlakatni birlashtirishning oqibatlari. Mamlakatni birlashtirish avvalo qirolning kuchli hokimiyatini vujudga keltirdi. Feodal tarqoqlikka butunlaiy chek qo’yildi. Feodallarning qurolli guruhlari shahar va qishloqlarni vayron eta olmaydigan bo’ldi. Chunki endilikda ularda bunday guruhlarning o’zi yo’q edi. Savdogarlar butun mamlakat bo’ylab erkin savdo qilish imko­niga ega bo’ldi. Qaroqchilar hujumiga barham berildi. Qirolning o’zi shaharlarning o’sishi, savdo-sotiqning yanada kengayishiga homiylik qildi. Mamlakatda yagona pul, o’lchov va og’irlik birlik­lari joriy etildi. Mamlakatning katta savdo floti tashkil topdi. Bu esa chet davlatlar bilan olib boriladigan savdoning yanada o’sishini ta’minladi. Shu tariqa mamlakat yagona iqtisodiy makonga aylandi. Uning bir qismi ikkinchi qismisiz rivojlana olmaydigan bo’ldi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish