9-sinf jahon tarixi fanidan


II. Uy vazifasini so’rash



Download 2,61 Mb.
bet82/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   148
II. Uy vazifasini so’rash: ”Charxpalak” o’yini
O’quvchilar guruhlarga bo’linadi va topshiriq beriladi, guruhdagi har bir o’quvchi qatnashishi shart.
1-guruhga: Yuz yillik urushning sabablari.
2-guruhga: Urushning boshlanishi.
3-guruhga: Jakeriya qo’zg’oloni.
O’qituvchi javoblarni tuzatadi, to’diradi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Yangi urush va uning oqibati. Fransiyadagi og’ir. Ichki vaziyatdan foydalangan Angliya 1415-yilda yana urush harakatlarini boshladi. Tez orada Fransiya qo’shini mag’lub etildi. Oqibatda Angliya Fransiyaning butun shimoliy qismini egallab oldi. Bunga qanoatlanmagan inglizlar qo’shini mamlakat poytaxti Parij shahrini ham bosib oldi. 1420-yilda Angliya va Fransiya o’rtasida Fransiyani tahqirlovchi shartnoma imzolandi. Unga ko’ra Angliya va Fransiya yakka qirollikka birlashtirildi. Fransiya qirolining o’g’illari vorislik huquqidan mahrum etildi. Tez orada vafot etgan Angliya qiroli Genrix V ning hali go’dak o’g’li Angliya va Fransiya qiroli deb e’lon qilindi. Mustaqil Fransiya tarafdorlari bu holatga toqat qila olmaganlar. Shu tariqa Fransiya bir-biriga dushman ikki qismga bo’linib ketgan. 1428- yilda inglizlar qo’shini Orlean shahrini qamal qilishga kirishganlar. Orlean egallansa, inglizlar Fransiyaning janubini ham qo’lga kiritish imkoniga ega bo’lardilar.
Janna d’Ark. Fransiya qo’shini g’alabaga bo’lgan ishonchni yo’qotdi. Taxt vorisi va uning a’yonlari dovdirab qolishdi. Shunday sharoitda fransuz xalqi tashabbusni o’z qo’liga oldi. Ular partizanlar urushini boshlashdi. Xalqning jasorati tufayli Orlean mustahkam qal’aga aylandi. Xalq ichidan chiqqan jasur vatanparvarlardan biri dehqon qizi Janna d’A rk edi. U o’zida mamlakatni inglizlardan xalos etuvchi kuchni topa oldi. O’zining xaloskorlik vazifasiga xudoi taoloning xohishi deb qaradi. 1429- yilda u Fransiya qiroli Karl VII bilan uchrashib, o’z fikrlarini bayon etdi. Ritsar qurol- aslahalarini taqib olgan Janna otda qirol qo’shinini aylanib chiqdi. Ularni urush harakatlarini Orlean yonida boshlashga da’vat etdi. Bu harakat albatta g’alaba keltirishini oldindan bashorat qildi. Tez orada Orlean uchun jang boshlandi. Janna d’Arkning jangdagi shaxsiy namunasi fransuz qo’shinini ruhlantirib yubordi. 1429- yil yuz yillik urushda burilish yasagan yil bo’ldi. Orlean to’qqiz kun ichida - 1429-yilning 5-may kuni butunlay ozod qilindi. Dushman qo’shini Fransiya shimoliga chekindi. Janna d’Ark "Orlean qizi" degan nom oldi. Uning jasorati, shon-shuhrati butun Fransiyaga yoyildi. Janna d’Ark kabi xalq qahramonlari obro’si hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo’ydi. Endi Janna ularga kerak bo’lmay qoldi. Janna Angliya ittifoqchisi, Fransiya manfaatlariga xoinlik qilgan burgundlarga qarshi kurashda asirga tushib qolgan va katta pul evaziga inglizlarga sotib yuborilgan. Fransiya qiroli Karl VII Janna d’Arkni inglizlardan qutqarib olishni hatto xayoliga ham keltirmagan. Cherkov Janna d’Arkni jodugarlikda ayblagan va uni cherkovning sud-tergov tashkilotiga topshirgan. U 1431- yilning 30- may kuni olovda kuydirib o’ldirilgan.



Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish