Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.O’tgan mavzuni so’rash 1. Slavyan qabillalri necha guruxga bo’lingan ?
A) 2 guruxga B) 3 guruxga S) 4 guruxga D) 5 guruxga
2 .Slavyan qabilalari qanday guruxlarga bo’lingan ?
A)g’arbiy, janubiy,sharqiy, B) g’arbiy,shimoliy,janubiy
S) sharqiy, janubiy,shimoliy D) shimoly,sharqiy, janubiy
3. Dastlabki tashkil topgan slavyan davlati qaysi javobda berilgan ?
A)Bolgariya podsholigi B) Chexiya davlati S) Polsha davlati D) B va S
4. Quydagilardan qaysi biri Polsha xukmdori bo’lgan ?
A) Bratislav I B) Boleslav I S) Genrix IV D) Yaroslav Mudriy
5.Quydagilardan qaysi biri Chexiya knyazi bo’lgan ?
A) Bratislav I B) Boleslav I S) Genrix IV D) Yaroslav Mudriy
III.Yangi mavzu bayoni: Kiyev Rus davlati tashkil topishi arafasida sharqiy slavyanlar yerlari kichik-kichik knyazliklarga bo’linib ketgan edi. Ulardan biri Novgorod knyazligi edi. Novgorod knyazi Oleg 882- yilda Kiyevni egallagan. Bu g’alaba unga shimoliy va janubiy Rusni birlashtirish imkonini bergan. Kiyev shahri poytaxt etib belgilangan. Shu tariqa Kiyev Rus davlati tashkil topgan. Kiyev Rus davlati uch qardosh xalq - rus, ukrain va beloruslarning umumiy tarixiy beshigi edi. Bugungi Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi nomida qadimgi Rus nomi saqlanib qolgan. Rus slavyan qabilasi nomida “o" “u” harflari doimo almashib turgan. Masalan, Ros daryosi yoki "Rus tili”.
Knyazlar o’z davlati chegaralari xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor berganlar. Chunki xazar va pechenglar deb ataluvchi ko’chmanchi qabilalar Rus yerlariga doimo hujum uyushtirib turganlar. Kiyev Rus davlati knyaz Svyatoslav hukmronligi davridan boshlab (964 - 972) kuchaya boshlagan. Svyatoslav Rusning rivojlanishiga to’siq bo’lib turgan Volga Bolganyasi va Xazar podsholiklarini mag’lubiyatga uchratgan. U hatto Vizantiyaga qarshi urush harakatlari ham olib borgan. Vizantiya Rusni Qora dengizga chiqarmaslikka urinar, turli ko’chmanchi qabilalarni Rusga qarshi gij-gijlardi. Knyaz Svyatoslav 972- yilda Vizantiya yurishidan qaytayotganida pechenglar hujumiga uchrab halok bo’lgan. Svyatoslavning o’g’li Vladimir Svyatoslavich davlatni mustahkamlash ishini davom ettirgan. U barcha sharqiy slavyanlarni Kiyev Rusiga birlashtiradi. Bu xizmati uchun Kiyevning Buyuk knyazi deb ataladi. Mustahkam chegara qal’alari qurdiradi. Dushman hujumidan ogohlantiruvchi gulxan yoqiladigan ulkan tepaliklar bunyod ettiradi. Chegara mudofaasi bilan shug’ullanuvchi maxsus chegara xizmatini tashkil etadi. Pechenglar hujumi shu tariqa to’xtatilgan. Bu xizmatlari uchun Vladimir yilnomalarda "Qizil Quyosh" deb ulug’langan. Rus Yevropaning eng yirik davlatlaridan biriga aylangan. Vladimirning Rus davlati oldidagi yana bir katta xizmati – xristian dinini joriy etganligida edi. Bu hodisa Rusni Yevropaning boshqa davlatlari bilan yaqinlashtirdi. Ayni paytda Vizantiyaning ilg’or madaniyati yoyilishiga ham xizmat qildi. Endilikda Kiyevning Buyuk knyazlari Yevropa hukmdorlari (imperatorlar, qirollar) bilan teng nufuzga ega bo’ldilar.
Vladimir Monamax 1113- yilda Kiyevning Buyuk knyazi taxtini egalladi. U Kiyevning Buyuk knyazi bobosi Yaroslav Mudriy vafotidan so’ng (1054-yil) mamlakatda boshlanib ketgan o’zaro ichki urushlarni bartaraf etishga muvaffaq bo’ldi. Ayni paytda Rusga tobora katta xavf solayotgan yangi dushman qipchoqlarga qarshi kurashish ham zarur edi. Bu maqsad yo’lida u barcha rus knyazliklarini birlashtirdi. Birlashgan Rus qipchoqlarni tor-mor etdi. Vladimir Monamax 1125- yilda vafot etdi. Vladimir Monamax Kiyev Rus davlatining so’nggi Buyuk knyazi edi. Uning vafotidan so’ng Rusda ham feodal tarqoqlik boshlandi. Kiyev Rus davlati o’ndan ortiq mustaqil knyazliklarga bo’linib ketdi.
Kiyev Rus davlati ham Yevropaning boshqa davlatlaridek monarx tomonidan boshqarilgan. Kiyev Rus davlatida monarxlar knyaz deb atalgan. Davlat tashkil topishi bilan feodal votchinalar qaror topa boshlagan. Votchina urug’-qabila zodagonlarining yerga o’z huquqlarini zo’rlik bilan qaror toptirishlari asosida vujudga kelgan. Bosib olingan yerlarni ham ular egallab olardilar. Kiyev Rusida boyarlar deb ataluvchi tabaqaning nufuzi katta edi. U mol-mulkini meros qilib qoldirish huquqiga ega bo’lgan. Knyaz, boyarlar va drujinachilar eng katta yer egalari edilar. Votchinalar o’ziga xos mitti "davlatlar" edi. Yuqorida nomlari qayd etilgan hukmron tabaqalarning qasrlari esa bu mitti "davlatlar"ning o’ziga xos "poytaxtlari" hisoblanardi. Votchina o’z tarkibiga "fuqarolar" deb ataluvchi jamoachi dehqonlarni; harbiy xizmat o’tashga majbur kishilar - qaram dehqonlarni; zakuplarni, tiun va ryadovichlarni, xizmatkorlarni, drujinachi askarlarni biriktirgan. Davlat jamiyatdagi mavjud tartibni mustahkamlash choralarini ko’rgan. Shu maqsadda 1072- yilda Kiyev Rusi knyazining yangi qonuni qabul qilingan. Bu qonun tarixga "Russkaya Pravda" nomi bilan kirgan. “Russkaya pravda" knyaz amaldorlarining manfaatini himoya qilgan. Masalan, qonunda boshqaruvchini o’ldirganlik uchun 80 bosh ho’kiz yoki 400 bosh qo’y to’lash jarimasi belgilangan. Bunday jarima butun bir qishloqni xonavayron etar yoki barcha dehqonlarni knyazga butunlay qaram qilib qo’yar edi.