O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni
rag’batlantirish, qo’yilgan baholarni izohlash.
Uyga vazifa. 11-topshiriqni o’qing,savollarga javob bering.
Sinf:________________________
Sana:_______________________
Mavzu: Botir Zokirov. San’atga oid matnlar, ma’lumotlar
Darsning ta’limiy maqsadi:
-Mavzuga oid matn, adabiy badiiy materiallarni tinglab tushunish, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish.
-Shu mavzuda yozma va og ‘zaki nutqiy kompetensiyani shakllantirish.
-Yangi o`rgangan so`zlarni to`g`ri talaffuz qilish va qo`llash malakasini shakllantirish.
-Mustaqil fikrlashga o`rgatish orqali o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish.
-Savodxonlik ustida ishlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni do`stlik ruhida tarbiyalsh, do`stlikning qadriga yetishga o`rgatish,kirishimlilik,muomala madaniyatiga ega bo`lish orqali ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyani shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-Yozma va og`zaki nutqda egallagan bilimlarini hayotda qo`llay olishga o`rgatish.
-Tasdiq va inkor gaplarni yozma va og`zaki nutqda to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
Darsning turi: Interfaol, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, proyektor,kompyuter.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish,darsni tashkil qilish,sinf o`quvchilarining darsga tayyorligini tekshirish va davomatni aniqlash.
O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash:
Uyga berilgan vazifani so`rash va tekshirish,`quvchilar bilan suhbat o`tkazish
Yangi mavzu bayoni va uni mustahkamlash:
Botir Zokirov (1936. 26.4, Moskva — 1985.23.1, Toshkent) — xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom. Oʻzbekiston xalq artis-ti (1965). Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti (1952— 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining rejissyorlik fakulteti (1958—62)da taʼlim olgan. "Yoshlik" ansambli (1957), Oʻzbek davlat estrada orkestri (1958—70) yak-kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972—78). 1978 yildan "Oʻzbekkonsert"ning yakkaxon xonandasi. B.Z. oʻta taʼsirchan tembrli, shirador ovozga ega boʻlgan. Ijro etgan qoʻshiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga koʻtara olgan. Repertuaridagi qator qoʻshiqlar kompozitorlar tomonidan B. 3. hamkorligida, uning ovoziga moʻljallab yaratilgan. Ijodida oʻzbek kompozitorlarining romans va qoʻshiqlari muhim oʻrin tutadi: M. Burhonov — "Maftun boʻldim", "Namedonam, chi nom dorad"; I. Akbarov — "Yor kel", "Raʼno", "Gazli", "Seni eslayman"; Sayfi Jalil — "Majnun monologi", "Kechalar yulduz sanab" va boshqa Shuningdek, estrada uslubida kayta ishlangan hind ("Nechun xayolga choʻmding?", "Dil orzusi", "Meychale"), eron ("Maro bebus", "Ayriliq qoʻshigʻi"), misr ("Arabcha tango", "Uyqum oʻgʻrisi"), suriya ("Oʻtmishimga yigʻlayman"), livan ("Goʻzal qiz"), meksikan ("Alvido muhabbat"), italyan ("Yashasin muhabbat") qoʻshikdarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini oʻz tilida) ijro etgan. B. Z.ning rassom sifatida yaratgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik koʻchasi", "Chor minor" kabi asarlari maʼlum. Bir qancha hikoya, ocherk va sheʼrlar, shuningdek, "Soʻgʻd elining qoploni" operasi (Ik. Akbarov)ning librettosini yozgan. "Kichik shahzoda" (A. de Sent-Ekzyuperi), "Soya" (Ye. Shvars) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindranat Tagor ("Olovli yoʻllar"), Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlar yaratgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi B. Z.ga bagʻishlangan "Menga qoʻshiqchizib ber" va "Aytilmay qolgan qushiq" hujjatli filmlarni, oʻgʻli Bahodir Zokirov "Oʻsha, oʻtgan kunlar" filmini suratga olgan. Toshkent koʻchalaridan bi-riga B. 3. nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi sanʼat bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar sanʼat markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994 yil B. 3. nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi "Oʻzbeknavo" qoshida). Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 1995 yil "Botir Zokirov jamgʻar-masi" tashkil etidsi. 1989 yil dan uning nomida zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovi oʻtkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |