19. Suv muzlaganda uning qanday kattaligi ortadi ? ____________________
20. Yer va Quyosh orasiga Oy tushib qolsa, _______________ tutilishi sodir bo’ladi.
6-sinf 6 – NAZORAT ISHI
Nazorat shakli: Test Nazorat ishi mavzusi: Issiqlik , elektr va yorug’lik hodisalari
1. Tushgan va qaytgan nurlar orasidagi burchak 80 ̊ ga teng
. Qaytish burchagi necha gradusga teng ? A) 45 B) 80 C) 160 D) 40
2. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying: “Soyaning to'la qorong'u bo'lgan qismi…. deb ataladi.”
A)…soya... B) …yarim soya ... C) …saros... D) …nim soya...
3. Quyidagilardan qaysilari yorug’likning sun’iy manbalariga kiradi ?
1.Oy 2. Quyosh 3.Yulduzlar 4.Elektr lampochkasi 5. Yaltiroq qo’ng’iz
6. Yaltirab ko’rinadigan yo’l belgilari 7. Qutb yog’dusi 8. Yonib turgan sham
A) 1, 2, 3 ,7 B) 3, 4, 5 C) 1, 5, 6 D) 4, 6, 8
4.Quyidagilardan qaysilari yorug’lik manbalari bo'la olmaydi ?
1. Oy 2. Quyosh 3.Yulduzlar 4.Elektr lampochkasi 5. Yaltiroq qo’ng’iz va ba’zi baliqlar 6. Yaltirab ko’rinadigan yo’l belgilari 7. Qutb yog’dusi 8. Yonib turgan sham 9. Ko’zgular A) 1, 9 B) 1, 2,3, 4, 5, 6, 7, 8,9 C) 2, 3, 5, 7 D) 1, 4, 6, 8, 9
5. Mexanizmning foydali ish koeffitsienti uchun qaysi munosabat to’g’ri yozilgan ?
1. η>100% 2. η=Af/Au 3. η<100% 4. Au=Af+Aq 5. η=Au /Af
A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 2, 3,4 D) 3,4,5
6. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying:“….. vaqtida "Quyosh toj"ni kuzatish mumkin.“
A) Oy tutilishi B) Quyoshning qisman tutilishi C) Saros D) Quyoshning to'la tutilishi
7. Fransiyalik olim Rey nimani ixtiro qiladi?
A) suvli termometr B) bimetal plastina C) havoli termometr D) gugurt
8. Issiq suv molekulasi bilan sovuq suv molekula nimasi bilan farq qiladi ?
A) Farq qilmaydi B) Massasi bilan C) Tezligi bilan D) Tarkibi bilan
9. Oy Yer atrofini qancha vaqt davomida bir marta to’liq aylanib chiqadi ?
A) 26 sutka B) 27 sutka 7 soat 43 minut C) 29,5 sutka D) 29 sutka 7 soat 43 minut
10.Buyum orqasida qaysi holda yarim soya hosil bo’ladi ?
A) Buyum bilan bir to’g’ri chiziqda joylashmagan ikkita yorug’lik bilan yoritilganda B) Buyum bitta yorug’lik manbayi bilan yoritilganda
C) Buyum bilan bir to’g’ri chiziqda joylashadigan ikkita yorug’lik bilan yoritilganda
D) Buyum o’lchamlari, yorug’lik manbayi o’lchamlariga nisbatan ancha katta bo’lganda
11. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying: “ Yorug’lik manbaidan chiqadigan nurning rangi manbaning … ga bog’liq bo’ladi. “
A) ...temperaturasi... B) ... o’lchami... C) ....turi... D) ...qayerda joylashganligi...
Do'stlaringiz bilan baham: |