Mavzu: Osiyo mamlakatlari: umumiy tavsifi va tabiiy resurslari
REJA:
Osiyo mamlakatlari
Ularga umumiy tavsif
Tabiiy resurslari
4
|
Mustahkamlash
|
10
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash.
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baholash;
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Rossiya xo‘jaligining hududiy tarkibiga xos katta tafovutlar va ulaming sabablari to‘g‘risida so‘zlab bering.
Qishloq xo‘jaligining tarmoqlar tarkibi, undagi yetakchi tarmoqlarning hozirgi iqtisodiy ahvoli qanday?
Rossiya Federatsiyasining tashqi iqtisodiy aloqalarida qaysi tovarlar yetakchi o‘rinlami egallaydi va nima uchun?
Yangi mavzu bayoni
Jahonning eng yirik qit’asining Osiyo deb atalishi uning joylashgan geografik o‘rni bilan bog‘langan. Qadimiy assuriyaliklar (Mesopotamiya pasttekisligining shimoliy qismi) tilida u «Sharq» ma’nosini beradi. Tabiiyki, bu qadimiy davlatdan sharqda joylashgan keng bududlar «Osiyo» deb nom olgan.
Osiyoda 5 ta subregion yaqqol ajralib turadi. Bular 0‘rta, Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyodir.
Iqtisodiy-geografik o‘rining ikki muhim tomoni yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Birinchi — aksariyat mamlakatlaming bevosita dengiz bo‘ylarida joylashganligi. Bu holat ulaming dengiz savdo yo‘llariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqishiga imkon beradi. Osiyo davlatlarining bir qismi serqatnov dengiz yo‘llari, bo‘g‘ozlar ustida (Turkiya, Malayziya, Singapur, Koreya Respublikasi kabilar) joylashgani ulaming iqtisodiy taraqqiyotida juda katta omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tkkinchi — qit’a mamlakatlaridan 12 tasining quruqlik ichkarisida joylashganligi va dengiz savdo yo£llariga bevosita chiqish imkoniyatidan mahrumligi.
Osiyoning tabiiy resurslari ham ancha boy va xilma-xil. U tabiiy mineral boyliklar bilan, ayniqsa, yaxshi ta’minlangan. Jahon neft zaxiralarining 70% i, gazining 80% dan ko‘pi, ko‘mirining 54% i uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Neft va tabiiy gazga Fors qo‘ltig‘i bo‘yi mamlakatlari, Rossiyaning Sibir hududlari, 0‘rta Osiyoning g‘arbiy tekisliklari, Hindi-Xitoy yarimorolining dengiz sayozliklari ancha boy. Xitoy, Hindiston platformalari, Qozog‘istonning qadimiy tog‘li o‘lkalari bo‘ylab asosiy toshko‘mir, marganes, qora va rangli metall konlari, Tinch okean bo‘yi hududlari (Xitoy, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari) bo‘ylab mashhur «qalay belbog‘i» joylashgan. Jahonning eng yirik qalay konlari Osiyoning ana shu hududlarida uchraydi. Osiyoda boshqa turdagi tabiiy resurslar (suv. tuproq, o‘rmon, rekreatsiya kabilar) tarqalishida ham katta tafovutlar bor. Jumladan, bir tomondan, oqar suv bilan yaxshi ta’minlangan hududlarning bo‘lishi (Janubi-sharqiy Osiyo) bilan birga, ikkinchi tomondan, keng qurg‘oqchil cho‘llar ham borki, ularda suv haqiqiy hayot muammosidir. Bu holat qadimdan Sharq mamlakatlarida har tomchi suvdan unumli foydalanishga undagan, Osiyoni sun’iy sug‘orish dehqonchiligining beshigiga aylantirgan. Haqiqatan ham, tarixiy ma’lumotlar 0‘rta, Janubiy va Janubi-g‘arbiy Osiyoda sug'oriladigan dehqonchilik bilan 4 — 5 ming yillardan buyon faol shug‘ullanib kelinayotganini tasdiqlaydi. Ko‘plab qadimiy sug‘orish inshootlari Eron, Iroq, 0‘zbekiston va boshqalarda yuzlab yillar davomida saqlanib kelmoqda.
0‘rmon boyliklari bilan Sibir va Janubi-sharqiy Osiyo mintaqalari yaxshi ta’minlangan. Ikkinchi tomondan esa, tabiiy sharoiti tufayli ulkan cho‘l va chalacho‘l maydonlar o‘simlik qoplamiga juda kambag‘al. Xuddi shunga o‘xshash katta tafovutlar tuproq, tabiiy namlik, ishlov beriladigan (haydaladigan) yerlar, rekreatsiya kabi resurslaming taqsimlanishida ham ko‘zga tashlanadi. Bularning bari ulardan foydalanishda ikki jihatni e’tiborga olishni talab etadi.
Birinchi — tirikchilikning asosiy manbayi hisoblanadigan yer resurslari (awalo, ekin ekiladigan maydonlar) yetishmaydi. Asosiy maydonlari katta-katta tog‘ massivlari, qurg'oqchil cho‘llar, cheksiz qumli va toshli hududlardan iborat bo'lganligi uchun ishlov beriladigan maydonlar ancha cheklangan. Bu muammo Osiyoning ko‘pchilik mamlakatlaridagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ikkinchi — bir-biriga teskari xususiyatli agroiqlim imkoniyatlari. Osiyo hududining katta qismida quyosh tafli, uning issiqlik imkoniyatlari o'simliklarning vegetatsiya mavsumining davomli, hatto yil bo‘yi davom etishiga imkon beradi. Ammo tabiiy namlik unda nihoyatda notekis taqsimlangan. Shu sababli ko‘pchilik qishloq xo‘jalik mintaqalarida dehqonchilik, asosan, sug‘orish asosida (musson iqlimli rayonlarda qishda, boshqa qurg'oqchil rayonlarda yozda) olib boriladi. Osiyoda dehqonchilik ishlari, asosan, sug'orish asosida olib borilganligi sababli Yer yuzasidagi barcha sug'oriladigan yerlaming 3/4 qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Sug‘oriladigan yerlaming kattaligiga ko‘ra jahonda Xitoy birinchi, Hindiston esa ikkinchi o'rinda turadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash
«Osiyo» atamasi qanday mazmunga ega?
Nima sababdan Osiyoning tabiiy iqlim sharoitlari nihoyatda xilma-xil? Uning sabablari va oqibatlarini mamlakatlarning ishlab chiqarish ixtisosi bilan bog'lashga harakat qiling. Tabiiy sharoiti qulay va noqulay davlatlarni belgilang.
«Osiyoning tabiiy resurslari» mavzusi bo'yicha tabiiy resurslarini daftaringizda yaxshi taminlangan va taqchil ta’minlangan resurslar guruhiga ajrating hamda ularning hududiy joylashishini belgilang, ayrim tabiiy resurslarga boy mamlakatlarning hozirgi vaqtda nima sababdan iqtisodiy rivojlanishda katta yutuqlarga erisha olmaganligi sabablarini tushunishga harakat qiling.
Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |