Yangi mavzuni mustahkamlash
Rossiya maydonining kattaligi, chegaralarining uzunligi jihatdan jahon mamlakatlari ichida qaysi o‘rinlarni egallaydi?
Mamlakat iqlimiga xo‘jalik taraqqiyoti nuqtayi nazaridan baho bering.
Rossiya qanday mineral resurslarga boy?
Mamlakat aholisining soni qancha, uning qisqarishi qanday omillar bilan bog‘- langan?
Rossiya aholisining milliy tarkibi to‘g‘risida so‘zlab bering.
Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Xo‘jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish;
Davomatni tekshirish;
Ob-xovoni aniqlash va uni kuzatish.
Shu kunning muxim yangiliklari bilan tanishish.
|
2
|
Kirish
|
12 daqiqa
|
O’tilgan mavzuning o’zlashtirilganligini tekshirish;
O’tilgan mavzuni mustahkamlash;
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Xo‘jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
REJA:
Xo’jaligi
Transporti
Tashqi iqtisodiy aloqalari
|
4
|
Mustahkamlash
|
10
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash.
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baholash;
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Rossiya maydonining kattaligi, chegaralarining uzunligi jihatdan jahon mamlakatlari ichida qaysi o‘rinlarni egallaydi?
Mamlakat iqlimiga xo‘jalik taraqqiyoti nuqtayi nazaridan baho bering.
Rossiya qanday mineral resurslarga boy?
Mamlakat aholisining soni qancha, uning qisqarishi qanday omillar bilan bog‘- langan?
Rossiya aholisining milliy tarkibi to‘g‘risida so‘zlab bering.
Yangi mavzu bayoni
Rossiya Federatsiyasi — MDH davlatlari ichida kattaligi va aholisining soni bo'yicha eng yirik suveren davlatdir. U ulkan tabiiy, iqtisodiy va ilmiy imkoniyatlarga ega. MDH davlatlari doirasida YaMD ning 60% i va sanoat ishlab chiqarishining 2/3 qismi Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Rossiya iqtisodioyti keng tarmoqlidir. Sanoat mahsuloti hajmining 1/3 qismi yoqilg‘i-energetika majmuyi tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Energetika tarmog‘i ishlab chiqarish kuclilari rivojlanishining, jamiyat moddiy-texnika bazasini yaratishning asosi hisoblanadi. Rossiya yoqilg‘i-energetika balansining taxminan 70% i neft va gazga to‘g‘ri keladi.
2012-yilda 420 mln. tonna neft va 6700 mlrd. m3 tabiiy gaz hamda 300 mln. tonna ko‘mir qazib chiqarildi. Neft, gaz va ko'mirdan tashqari Rossiyaning ba’zi hududlarida torf va yonuvchi slanetslar energetikada muhim o‘rin tutadi.
Neft sanoati. Konlardan qazib olingan neftning katta qismi mamlakat ichkarisidagi uzunligi 70 ming km ga yaqin bo‘lgan neft quvurlari orqali tashiladi. Bu quvurlar neft qazib oluvchi rayonlami davlatning boshqa barcha hududlari bilan bog‘lab turadi. Neft MDH davlatlariga, Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Xitoyga eksport qilinadi. So‘nggi yillarda o‘rtacha hisobda yiliga 150 mln. tonnagacha neft eksport qilinmoqda.
Gaz sanoati. Rossiya tabiiy gazning sanoat zaxiralari va uni qazib olish hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Bu xomashyoning asosiy qismi G‘arbiy Sibiming shimolida, Shimoliy Kavkazda, Ural rayonida, Volgabo‘yida, Komi Respublikasida, Yakutiyada, Saxalinda qazib olinadi. Uning asosiy qismi G‘arbiy Sibirga to‘g‘ri keladi.
Magistral quvurlarining asosiy tizimlari — G‘arbiy Sibirdagi gazga boy yerlardan, Volgabo‘yi, Ural, Shimoliy Kavkazdan gazni Markaziy Rossiyaga hamda xorijga yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |