Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Rossiya Federatsiyasi: tabiiy-demografik salohiyati.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish;
Davomatni tekshirish;
Ob-xovoni aniqlash va uni kuzatish.
Shu kunning muxim yangiliklari bilan tanishish.
|
2
|
Kirish
|
12 daqiqa
|
O’tilgan mavzuning o’zlashtirilganligini tekshirish;
O’tilgan mavzuni mustahkamlash;
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Rossiya Federatsiyasi: tabiiy-demografik salohiyati.
REJA:
Rossiya Federatsiyasi
Tabiiy boyliklari
Demagrafik salohiyati
|
4
|
Mustahkamlash
|
10
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash.
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baholash;
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangilikla
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Rur — Germaniyaning iqtisodiy, moliyaviy, madaniy va ilmiy markazi ekanligini
asoslab bering.
Germaniya intensiv rivojlangan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga ega ekanligini qanday asoslab bera olasiz?
Germaniyada transport tarmog‘i qanday rivojlangan?
Germaniyaning tashqi iqtisodiy aloqalarini baholab bering.
Yangi mavzu bayoni
Rossiya — maydoni jihatidan yer yuzidagi eng yirik davlat. U Yevrosiyo shimoliy qismida joylashgan (taxminan 4,1 mln. km2 — Yevropada, 13,0 mln. km2 — Osiyoda).
Rossiya chegaralarining umumiy uzunligi dunyoda eng katta bo‘lib, u 58,6 ming km ni tashkil qiladi. Bunda dengiz orqali o‘tgan chegaralar quruqlikdagi chegaralardan deyarU ikki barobar uzun.
Rossiyaning quruqlikdagi chegaralari ham juda uzoqqa cho‘zilgandir (20 ming km dan ortiq). Sobiq Ittifoq parchalangandan so‘ng Rossiya qo'shnilarijiing soni rasman o'zgarmadi. U 16 davlat bilan chegaradosh, dunyodagi boshqajhech qaysi davlatning bunchalik ko‘p qo'shnisi yo‘q.
Rossiya — Federativ Respublika. Davlat rahbari — Prezident. Hukumat ijro etuvehi organ hisoblanadi.
Rossiya Federatsiyasi mineral resurslaming turlari va zaxiralari bo‘yicha jahondagi eng boy mamlakatlardan biridir.
Rossiya ko‘mir, neft va tabiiy gazning ulkan zaxiralariga ega. Undan tashqari mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden, qalay, nikel, boksit, nefelin rudalariga boy. Oltin, kumush, platina, olmos qazib olinadi. Osh va kaliy tuzlarining zaxiralari ulkan.
Rossiyaning barcha hududlarida, ayrim arktika va subarktika rayonlaridan tashqari, doimiy aholi mavjud, biroq u juda notekis joylashgan. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 8,4 kishini (Rossiyaning Yevropa qismida 1 km2 ga 32 kishi, Osiyo qismida esa taxminan 2 kishi to‘g‘ri keladi) tashkil etadi. Aholi eng zich joylashgan yerlar (bu zichlik shimolga va sharqqa tomon kamayib boradi) Markaziy Rossiyadadir. Rossiya Federatsiyasi aholisining soni 2012- yilning boshida 142,0 mln. kishini tashkil etdi. Rossiyaning demograflk rivojlanishining hozirgi bosqichiga tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining qisqarishi xosdir. Aholi sonining tabiiy kamayishi ma’lum darajada davlatlararo migratsiya saldosi hisobiga qoplanmoqda.
Rossiya aholisining milliy tarkibi juda xilma-xildir (100 dan ortiq millat va xalqlar yashaydi). Aholisining ko‘p qismini ruslar tashkil etadi (80% dan ortiq), ko‘p sonli xalqlar qatorida tatarlar (5 mln. kishidan ortiq), ukrainlar (4 mln. dan ortiq), chuvashlar va boshqalami ajratish mumkin. Shahar aholisi ulushi —73,2%.
Qishloq aholisining joylashishi tabiat zonalari, xo‘jalik faoliyati uchun mavjud bo‘lgan shart-sharoitlar, xalqlaming urf-odatlari va an’analari bilan bog‘liq holda farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |