Ko‘mir sanoati. Rossiyada toshko‘mir ham, qo‘ng‘ir ko‘mir ham qazib olinadi. 2012- yilda 300 mln. tonna ko‘mir qazib olindi. Bundan 30 mln. tonnasi chet el davlatlariga eksport qilindi.
Elektroenergetikasi. Elektroenergiya ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya dunyoda AQSH, Yaponiya va XXP dan keyin to‘rtinchi o'rinda turadi (2008-yilda 940 mlrd. kVt/s). Elektr quwatining eng katta qismi issiqlik stansiyalarida ishlab chiqariladi (70% dan ortiq). Elektroenergetika balansida gidravlik elektrostansiyalaming hissasi — 18% ga, atom elektrostansiyalaming hissasi 12% ga teng.
Qorametallurgiya. 2012-yilda jami 80,0 mln. t temir rudasi qazib olindi. Qora metalluigiyaga zarur boigan ko‘kslanadigan ko‘mir Kuzbass va Pechora havzalaridan keltiriladi.
2012-yilda 40 mln. t cho‘yan, 50 mln. t po‘lat eritildi. Bu. ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya Xitoy, Yaponiya, AQSH va Koreya Respublikasidan keyin beshinchi o‘rinni egallaydi. Rossiyada qora metall ishlab chiqarish, asosan, uchta muhim qora metallurgiya markazlari — Ural, Markaziy qoratuproq va G‘arbiy Sibir iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari: Nijniy Tagil, Magnitogorsk, Chelyabinsk, Novotroitsk, Novokuznetsk, Cherepoves, Stariy Oskol, Lipetsk va boshqalar.
Rangli metallurgiya. Qo‘rg‘oshin-rux sanoati ishlab chiqarishning joylashishi murakkabligi bilan xarakterlanadi. Polimetall rudalari Shimoliy Kavkaz, Zabaykalye, Uzoq Sharq va Primoryeda qazib olinadi. Xomashyoni metallurgik qayta ishlash, odatda, boshqa rayonlarda amalga oshiriladi. (qo‘rg‘oshin-rux konsentratlari tashish uchun qulay).
Achinsk, Bratsk, Boksitogorsk, Volxov, Volgograd, Kamensk- Uralsk, Kandalaksha, Krasnoyarsk, Novokuznetsk, Shelexov alyuminiy sanoatining asosiy markazlaridir.
Mashinasozlik. Rossiyaning barcha hududlarida bir tekis tarqalgan. Lekin ba’zi rayonlarda u asosiy tarmoq hisoblansa, boshqa rayonlarda ichki ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan, xolos.
Energetika mashinasozligi korxonalarida bug‘ qozonlari, bug’ turbinalari va generatorlar, gidroturbinalar, dizel va elektrodvigatellar tayyorlanadi. Bunday korxonalar Biysk, Barnaul, Taganrog, Belgorod, Sankt-Peterburg, Novosibirskda ishlab turibdi.
Stanoksozlik korxonalari birmuncha tekis tarqalgan. Biroq mahsulotning katta qismi Markaziy, Shimoli-g‘arbiy iqtisodiy rayonlarda va Uralda ishlab chiqariladi.
Rossiyaning avtomobil sanoati yengil avtomashinalar, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar ishlab chiqaradi. Bu tarmoqning ilk yirik korxonalari Moskva, Yaroslavl va Nijniy Novgorodda qurilgan edi. Hozirgi vaqtda Nijniy Novgorod, Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva, Tolyatti shaharlaridagi korxonalarda yengil avtomobillar ishlab chiqariladi. Pavlovo (Nijniy Novgorod oblasti) va Likino (Moskva oblasti) shaharlarida avtobuslar ishlab chiqariladi. Yuk avtomobillari Moskva, Nijniy Novgorod, Ulyanovsk, Naberejniye Chelni shaharlarida ishlab chiqariladi. Shu bilan bir qatorda motorlar va dizellar ishlab chiqaruvchi maxsus korxonalar ham faoliyat ko‘rsatib turibdi. Engels shahrida (Saratov oblasti) trolleybuslar ishlab chiqariladi.
Temiryo‘l mashinasozligining yirik korxonalari Nijniy Novgorod, Sankt- Peterburg, Ulan-Ude, Nijniy Tagil, Kolomna, Kaluga, Lyudinov, Murom, Novocherkassk shaharlarida joylashgan. Vagonlar (metro vagonlari, tramvaylar va temiryo‘l vagonlari) Bryansk, Mitishi, Nijniy Tagil, Tver hamda Abakan, Altaysk, Sankt-Peterburg, Ust-Katav va boshqa shaharlarda ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |