Yangi mavzuni mustahkamlash
Yevropaning asosiy turizm regionlari va markazlari to‘g‘risida nimani bilasiz?
Turizm qaysi davlatlarda katta daromad manbayiga aylangan?
Nima uchun atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi Yevropa uchun o‘ta ahamiyatlidir?
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar to‘g‘risida so‘zlab bering.
Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar. Germaniya
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish;
Davomatni tekshirish;
Ob-xovoni aniqlash va uni kuzatish.
Shu kunning muxim yangiliklari bilan tanishish.
|
2
|
Kirish
|
12 daqiqa
|
O’tilgan mavzuning o’zlashtirilganligini tekshirish;
O’tilgan mavzuni mustahkamlash;
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar. Germaniya
REJA:
Yevropaning eng rivojlangan davlatlari
Germaniya federative respublikasi
Tabiiy boyliklari, aholisi
|
4
|
Mustahkamlash
|
10
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash.
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baholash;
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Yevropaning asosiy turizm regionlari va markazlari to‘g‘risida nimani bilasiz?
Turizm qaysi davlatlarda katta daromad manbayiga aylangan?
Nima uchun atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi Yevropa uchun o‘ta ahamiyatlidir?
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar to‘g‘risida so‘zlab bering.
Yangi mavzu bayoni
Yevropa dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan regionlaridan biridir. Shuning uchun ham uning hududida dunyo miqyosida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan ko‘pgina mamlakatlaming joylashganligi bejiz emas. Bunday mamlakatlar qatoriga «sakkizlik» davlatlari: GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan bir navbatda Ispaniya, Shveysariya, Avstriya, Shvetsiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya va boshqalar kiradi,
Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar ichida o‘zining ulkan iqtisodiy salohiyati va rivojlanganlik darajasiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi keskin ajralib turadi.
GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI
Germaniya Yevropa markazida joylashgan. Quruqlikda u Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, .Chexiya, Polsha, Daniya bilan chegaradosh. Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida uning iqtisodiy’va siyosiy-geografik holatining o‘ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yevropaning markazida, iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan davlatlarga yaqin, transyevropa bosh yo‘lining kenglik va uzunlikdagi kesishgan yerida joylashganligi Germaniyaga katta foyda keltirmoqda. Muhim afzalliklardan yana biri — Germaniyaning dengiz yaqinida joylashgani va qo'shni
mamlakatlaming yirik port shaharlari (Rotterdam, Antverpen va b.) ga yaqinligi bilan bog‘langandir.
1989-yilning oktabrida ikki davlat —GFR va GDR birlashganidan keyin Germaniya hoziigi chegaralariga ega bo‘ldi. Natijada, GFR hududi 43% ga, aholisi esa 27% ga ko‘paydi.
GFR — parlament Respublikasi. Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko‘ra, 16 yerdan tashkil topgan federatsiya, bular quyidagilardan iborat: Baden-Vyurtembeig, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gambuig, Gessen, Meklenburg (oldingi Pomeraniya), Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Apgalt, Tyuringiya va Shlezvig-Golshteyn. Pul birligi – yevro.
Do'stlaringiz bilan baham: |