O.Yoqubov mustaqillik yillarida qanday pyesalar yaratgan? J: «Muzaffar Temur», «Bir koshona sirlari»
O.Yoqubov mustaqillik yillarida qanday roman yaratgan? J: «Adolat manzili», «Osiy banda»
ULUG‘BEK XAZINASI (romandan parcha)
«Ulug‘bek xazinasi» romanida Ulug‘bekka Abdullatifning hujumi haqidagi maktubni kim olib keladi? J:
Shayxulislom Burhoniddin
Shayxulislom Burhoniddin Ulug‘bekka kimdan chopar kelganini aytadi? : Amir Iskandar barlosdan19. Amir Iskandar barlos Ulug‘bekka yozgan maktubida Abdullatif bilan bo‘lgan jangda nima uchun dorussaltanaga chekinishga majbur bo‘lganini aytadi? : Abdullatif qo‘shini orasida fillarning borligi suvoriylarga dahshat solgani sabab 20. Abdulaziz kim? : Ulug‘bekning o‘g‘li
«Hirovul» nima? : Qo‘shinning old tomoni
«Arroda» nima? : Toshotar qurol, manjaniq
Ulug‘bekning suyukli navkari kim edi? Bobo Husayn
Ulug‘bekka xiyonat qilgan beklar … Amir Jondor, dorug‘a Mironshoh, Ibrohim Po‘lat o‘g‘li
Amir Sulton Jondorning xiyonat qilgani, qochgani haqidagi xabarni Ulug‘bekka kim aytadi? Bobo Husayn yozgan maktubida aytadi
«Darvozayi ohanin» dorug‘asi kim edi? Mironshoh
«Humo qushi kimning boshiga qo‘nur, buni yolg‘iz Haq taolo biladur. Humo qushi meni tark etsa, sening baxting! Va lekin falakning gardishi bilan toj-u taxt qo‘limda qolsa... esingda bo‘lsin: oyog‘ingdan dorga osib, ostingdan o‘t qo‘yaman». Ushbu gaplar kimniki? Ulug‘bek
«Humo qushi kimning boshiga qo‘nur, buni yolg‘iz Haq taolo biladur. Humo qushi meni tark etsa, sening baxting! Va lekin falakning gardishi bilan toj-u taxt qo‘limda qolsa... esingda bo‘lsin: oyog‘ingdan dorga osib, ostingdan o‘t qo‘yaman». Ushbu gaplarni Ulug‘bek kimga aytgan? Amir Sulton Jondorga
Ibrohim Po‘lat qaysi qal’a dorug‘asi edi? Shohruxiya
Bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab Ulug‘bek taxtiga bosh urib kelgan, undan ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan iste’dodli shoir, arslonyurak jangchi kim? Qalandar Qarnoqiy
Ali Qushchiga jahongirdan qolgan oltinlarni yashirishga ko‘mak bergan shaxslar … Qalandar Qarnoqiy, Temur Samarqandiy
Jahongirdan qolgan oltinlar haqida shohga yetkazgan shaxs kim? Xoja Salohiddin zargar
Kim makruh kitoblar haqida tahdidli so‘zlar aytgan? Nizomiddin Xomush
Ulug‘bek kimni dorga osishlaridan asrab qolgandi? :Temur Samarqandiyni
Temur Samarqandiyni kim dorga osmoqchi bo‘lgan? Shohrux
Nima uchun Shohrux mirzo T.Samarqandiyni dorga osmoqchi bo‘ladi? Qilich yasab bermagani uchun37. Nima uchun T.Samarqandiy Shohrux mirzoga qilich yasab berishni xohlamaydi? Qilich yasamaslikka ont ichgan edi
T.Samarqandiy oltinlarni yashirish maqsadida nechta sandiq yasaydi? 15 – 20 tacha
Ulug‘bekka olib kelingan patirning ichidan chiqqan xatda nimalar yozilgandi? J: Abdullatifning o‘zini shoh deb e’lon qilgani, o‘z nomidan pul zarb qilish maqsadida fatvo berilgani, Ulug‘bekning Movarounnahr g‘animi deb e’lon qilingani, Ulug‘bekka xizmat qilgan sarkarda, navkarlar hibsga olingani, Ulug‘bekni hajga jo‘natmoq bo‘layotgani haqida
Ulug‘bekka qochmoqchi bo‘lsa, bakovulga xabar berishini kim aytadi? Patir ichidan chiqqan xatda yozilgan edi
Ulug‘bek Abdullatifni ko‘rganda ichida nima dedi? Burgut
«Muqarrab» so‘zining ma’nosi nima? Yaqin, do‘st
Dorussaltana qozi ul-quzzoti kim edi? Xoja Miskin
Ulug‘bek kelganida a’yonlar o‘rinlaridan turmoqchi bo‘lganlarida kimning qahrli nigohi ostida joylariga o‘tiradilar? Hazrat Xomushning
Abdullatif kimning asarida padarkush 6 oydan ortiq toj-u taxtda tura olmasligi haqidagi ma’lumotni o‘qiydi? N.Ganjaviy asarida
Tushida barkashda Abdullatifga uning boshini kim tutadi? Amir Jondor47.Asarda yo‘lbars bilan olishgan shеryurak deb kim aytiladi? Ali Qushchi