«Asablar tuproqqa to‘kkan edi tiz»
bet 10/18 Sana 16.03.2022 Hajmi 156,46 Kb. #499377
Bog'liq
9-sinf savol-javob kitobcha
«Asablar tuproqqa to‘kkan edi tiz» misralarida nima aks etgan? J: Zilzila paytidagi odamlarning ruhiy holati
«Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat».
Bu misralarda A.Oripov nimani tasvirlagan? J: O‘zining pokiza yoshlik davrini
O‘zbek xalqining yig‘ma obrazi A.Oripovning qaysi misralarida aks etgan ?
J: Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim , mening o‘ylarim
Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida, Salqin tuman ichra bo‘zarar tonglar.
Quyoshning erinchak yog‘dularida Nafis yaltiraydi bargi xazonlar . Misralarda A.Oripov nimani tasvirlagan? J: Vatanni
Oyoqlangan qo‘ziday dovdirar yelda maysa, Ko‘m-ko‘k, moviy osmonda kezib yurar oq bulut . Misralar muallifi kim? J: A.Oripov
Oyoqlangan qo‘ziday dovdirar yelda maysa, Ko‘m-ko‘k moviy osmonda kezib yurar oq bulut. Misralarda nima tasvirlangan? J: Bahor
Sevgini yorilmagan yaraga o‘xshatgan ijodkor kim? J: A.Oripov
“Dilbаr kеlinchаkning ko‘ksidа g‘ulu zаrdоli shохigа tаshlаr ko‘z qirin ” misralari muallifi kim?
A.Oripov
«Sohibqiron» dramasi qanday shaklda yozilgan? J: She’riy shaklda
«Sohibqiron» dramasida Temur yov qo‘shinini tahlikaga solish uchun nima qilishni maslahat beradi? J:
Tunda gulxanlar yoqishni, to‘rtta otning biqiniga shox-shabbalarni bog‘lab qo‘yishni
«Sohibqiron» dramasida keltirilishicha , tungi hujumlar nima deyiladi? J: Shabxun
«Sohibqiron» dramasida Temurga kimdan chopar keladi? J: Boyaziddan
Boyazidning Temurga jo‘natgan elchisi kim edi? J: Sulton Shabli
Temurning xufyasi kim? J: Buqalamun
Temurning xufyasi Buqalamunning asl ismi nima? J: Itolmas
«Sohibqiron» dramasida Temur o‘ng qanotni kimga topshiradi? J: Mironshohga
Temur so‘l qanotni kimga topshiradi? J: Shohrux mirzoga
«Sohibqiron» dramasida shatranj ustasi kim? J: Aloviddin
Temur Boyazidga qarshi jangida qaysi jang usulidan foydalanadi? J: To‘lg‘ama
Temur shatranj o‘yinidagi g‘alabasini nimaning ishi deb baholaydi? J: Ruxning
Boyazidning asir olinganligi haqidagi xabarni Temurga kim yetkazadi? J: Qosimbek
Boyazidning asir olinganligi haqidagi xabarni yetkazgan Qosim qayerlik edi? J: Keshlik
Temur Qosimbekni qanday mukofotlaydi? J: Nevarasini nikohiga beradi(Zubaydani) 35. Sen yildirim laqabli bir qudratli chaqmoq
Cho‘ng temirga urilding-u chilparchin bo‘lding.
Misralar qaysi asardan olingan? J: «Sohibqiron» dramasidan
Qaysi asarda Temur janglar orasida emas, o‘ylar girdobida tasvirlangan? J: «Sohibqiron» dramasida
«Sohibqiron» dramasida Temur davlatni ushlab turuvchi uch tayanch sifatida nimalarni keltiradi? J: Mo‘lxazina, yagona shoh , yengilmas lashkar
«Sohibqiron» dramasi qanday voqea bilan boshlanadi? Soch oldirish bilan
Do'stlaringiz bilan baham: