Oliy ta’limda adabiyot fanini o`qitish bo`yicha tahlil va takliflar Nurullayev Aloviddin Amrullayevich



Download 19,62 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,62 Kb.
#214138
Bog'liq
Adabiyot o`qitish metodikasi bo`yicha


Oliy ta’limda adabiyot fanini o`qitish bo`yicha tahlil va takliflar

Nurullayev Aloviddin Amrullayevich

O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 1-kurs magistri alovuddin.nurullayev@gmail.com +998944171414

Siz tilchimisiz yo adabiyotchi ? ”

Buyuk yunon faylasufi Aristotel tomonidan fanlarni turli guruhlarga bo`lish nazariyasi boshlab berilgandan buyon bu jarayon hozirgacha davom etib kelmoqda. Oliy ta’limda adabiyot fani turli davrlarga, turli tarkibiy qismlarga bo`lib o`rgatilsa, tilshunoslik ham turli qarashlarga, qismlarga bo`lib o`rgatilish jihatidan adabiyotshunoslikdan aslo qolishmaydi. Oliy ta’limning boshlanish jarayonida o`qituvchilar tomonidan eng ko`p beriladigan savol: “ Siz tilchimisiz yo adabiyotchi ? ” Tabiiyki, grammatik tahlilni, morfemik tahlilni qiyib yuboradigan talabalar tilshunoslikni tanlashadi. Badiiy tahlilga qiziqadiganlar adabiyotshunos bo`lishni ma’qul ko`rishadi. Shu bilan talabalar o`zaro adabiyotchilar va tilshunoslar jangiga kirishadilar. Bu jang oliy ta’limning oxirgi bosqichida tugaydi. Buyog`iga maktabda ishlash jarayoni boshlanadi. Maktabda talaba tushunib yetadiki, ona tili va adabiyot fanlari bitta o`qituvchi tomonidan o`tilishi lozim ekan. Endi yosh o`qituvchi ikkala fanni bir xil darajada o`qitishni o`ylaydi. Albatta, kamchiliklar yuzaga chiqadi.

Takliflar : ona tili va adabiyot o`qitishda fanlar orasiga Buyuk xitoy devorini qo`ymasdan, fanlar integratsiyasini kuchaytirish kerak. Masalan, lingvopoetika, lingvostilistika darslari bunga yordam beradi. Yoki maktabda ona tili va adabiyot fanlari alohida o`qituvchilar tomonidan o`tilishi yo`lga qo`yilishi lozim.

Adabiyot o`qituvchisi – so`z san’atkori

Adabiyot – so`z san’ati. Haykaltaroshlik, raqs, rassomchilik, musiqa san’atlaridan farqli ravishda adabiyot o`z muxlisiga so`zlar bilan ta’sir qiladi. So`z kuchi yordamida qalblarni zabt etadi. Adabiyot o`qituvchisi so`zlardan san’at darajasida foydalana olishi lozim. Badiiy uslubdagi matnlarni, masalan, she’rlarni o`z ohangida ( barmoq, aruz, erkin vaznida ) o`qib bera olishi kerak.

O`qituvchining so`zlashidagi kamchiliklarni, gapirgandagi qo`l harakatlarini, yozuvidagi xatolarini o`quvchilar doim diqqat bilan kuzatishadi. Boshqa fan o`qituvchilari nutqida xatoliklar sezilmasligi mumkin, ammo ona tili va adabiyot o`qituvchisi og`zaki nutqidagi va yozuvidagi kamchiliklar yaqqol bilinib qoladi.

Bo`lajak o`qituvchi og`zaki nutqidagi kamchiliklar:

1) psixologik sabablar – ko`pchilik oldida gapirishdan uyalish, qo`rquv, ko`p hayajonlanish . . .

2) leksik kamchiliklar – shevaga oid so`zlar, gapda so`zlarni noto`g`ri takrorlash ( so`z boyligidagi kamchiliklar) , parazit so`zlar: anaqa, haligi, shu . . .

3) talaffuzdagi xatolar – turli to`xtamlar : e-e, hmm kabi; juda tez yoki sekin tempda gapirish

Yozma nutqidagi kamchiliklar:

1) imloviy xatolar

2) tinish belgilaridagi xatolar

3) harflar yozilishidagi kamchiliklar ( husnixatida )

Takliflar : Oliy ta’limda talabalarning og`zaki nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun nutq texnikasi asoslari, notiqlik san’ati va badiiy o`qish mavzulari;

yozma nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun husnixat va imloga doir mavzular, yozish qobiliyatini, so`z boyligini rivojlantirish uchun mavzular kiritilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi.



Nazariya va amaliyotdagi tafovut

Oliy ta’limda o`tiladigan adabiyot mavzulari va maktab darsliklaridagi mavzular bir-biriga doim mos kelavermaydi. Masalan, 7-sinf adabiyot darsligidagi Xayriddin Saloh mavzusi, 6-sinf darsligidagi Ibroyim Yusupov kabi ijodkorlarni o`qituvchi faqatgina maktab darsligidagi ma’lumotlar orqali bilib oladi. Mavzularni muvofiqlashtirishga e’tibor berilmaydi.

Hozirgi oliy ta’limda pedagogik amaliyot deganda maktabdagi dars jarayonlarini kuzatish, ularda qatnashish tushuniladi. Bo`lajak o`qituvchilarga dars jarayonida qo`llash uchun asosan interfaol metodlar o`rgatiladi. Interfaol metodlar o`quvchini faqat darsdagi vaziyatlarga, jarayonlarga qiziqtirishi mumkin, lekin dars mavzusiga emas. Bu jarayon yosh bolaga yoqtirmagan ovqatini chiroyli rasm chizilgan idishga suzib berganga o`xshaydi.

Taklif: Dars jarayoniga ta’sir qiladigan asosiy qurol – o`quv darsligidir. Bo`lajak o`qituvchilar oliy ta’lim davomida darsliklardagi kamchiliklar, mavzular mosligini belgilashda bevosita va bilvosita qatnashishlari lozim. Masalan, darsliklar mazmunini belgilab beradigan markaz – Xalq ta’limi markaziga ekskursiya, xodimlar bilan suhbat tarzida bo`lishi mumkin. Bu jarayon ularni kelajakda buyruq bajaruvchi askar emas, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega xodim sifatida shakllantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Хочу говорить красиво. Техники речи Наталья Ром



2. ЛИНГВОПОЭТИКА Слово в художественном тексте доктор филологических наук В.Я. Задорнова, 2005
Download 19,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish