9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi



Download 268,8 Kb.
bet74/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

4.Yangi mavzuni mustahkamlash:

Dars so`ngida darslikda berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi.



5.O`quvchilar bilimini baholash.

6.Uyga vazifa; mavzuni o`qib, savollar tuzish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________

9-sinf adabiyot 56-dars Sana:____________ O`qituvchi:

Mavzu : “Otabek ,Kumush va zamonamiz yoshlari” bahs-munozara
Ta`limiy maqsad: Nazariy ma`lumot berish

Tarbiyaviy maqsad: Milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: mustahkamlash

Dars uslubi: suhbat, bahs-munozara

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash

3. “O`tkan kunlar” filmidan parcha tomosha qilish.

Asar yuzasidan suhbat o`tkazish. Otabekning sharqona odobi haqida ikr yuritish, hozirgi yigitlarimiz bilan taqqoslash. Kumushga xos ibo-hayo haqida suhbat

Milliylik — tashqi belgi emas. U ichki holatdir. Biror millatning vakili o’zining qaysi millatga mansubligini bilsa va shu bilan faxrlansa, unda mil­lat tuyg’usi shakllangan bo’ladi. Kimki bunga befarq qarasa, uning tashqi ko’rinishi, kiyimi, qosh-u ko’zi, hujjatiga nima deb yozilganidan qat’i nazar milliy tuyg’udan mahrum kishidir. Millatini tanimaslik va u bilan faxrlanmaslik ulkan baxtsizlikdir. Bu ota-onadan yuz o’girishga o’xshaydi.

Ota-onani tanlab bo’lmaganidek, millatni ham tanlamaydilar. Uni boricha qabul qilish, avaylash, uning har jihatdan yuksalishga hissa qo’shish lozim. Ayni shu holatlarning badiiy adabiyotda aks etishi badiiy asarning milliyligi bo’ladi. Adabiyotda milliylik bu — asarda xalq, millat turmushi manzaralarini, milliy urf-odatlarni, millat vakillariga xos xususiyatlarni ko’rsatishdangina iborat emas. Biror asl badiiy asar o’zbek tilida yaratilganining o’zi bilan milliydir. Agar unda faqat til emas, balki qahramonlarning tabiatini tasvirlash yo’sini ham o’zbekcha bo’lsa, u chinakam milliy asardir.

«O’tkan kunlar» romani milliy ruh juda bo’rtiq aks etganligi bilan ajralib turadi. Otabekning ota-onasi bilan, qutidor va Oftob oyimlarning qudalari hamda kuyovlari bilan munosabatlari tasvirlangan o’rinlarda faqat o’zbekkagina xos fikrlash va ta’sirlanish yo’sini juda go’zal ko’rsatilgan. Romanda milliy run­ning ifodasi milliy urf-odatlar aks etgan manzaralar tasviridagina emas, balki qahramonlarning sezimlari, o’y-xayollari aks ettirilgan o’rinlarda ham bor bo’yi bilan namoyon bo’lgan. Otabek o’ziga mutlaqo yoqmaydigan qaror qabul qilgan onasiga qo’pollik qilmaydi, yuziga tik qaramaydi. Shuningdek, o’g’il bi­ror o’rinda o’zining Kumushni yaxshi ko’rishini ota-onasiga ochiq aytmaydi. Otabek bunday harakatlardan andisha qiladi, o’ziga nomunosib hisoblaydi.

Kumush Otabekni nikoh kechasida ko’rganda «Siz o’shami?» deb entikkanida, er-xotin uzoq judolikdan keyin diydor ko’rishgach, Kumush «Siz qochoqsiz» deb Otabekning yuziga sekingina shappatilab, erkalaganida milliy ruh yorqin namoyon bo’ladi.

Asarning milliyligi odamdagi ayni shunday nozik, ko’zga tashlanavermaydigan jihatlarni topib tasvirlashda namoyon bo’ladi. Milliy ruh yaqqol aks etgan asarlarda personajlarning xatti-harakatlari, o’ylari, sezimlari faqat muayyan millat vakiliga mansub ekanligi o’z-o’zidan anglashilib turadi.




Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish