Su yerda Farhod malika Mehinhonu mehrini, Shirinning muhabbatini qozonadi. Oshiq va mayshuqaning ilk uchrashuvlari va suhbati shunday tasvirlanadi:
...Ki: «Ey nodir yigit ofoq ichinda,
Yagona charxi nili toq ichinda!
4. Mustahkamlash;savol va topshiriqlar ustida ishlash.
5. O`quvchilarni baholash 6. Uyga vazifa:asardan parcha o`qib ,savollar tuzish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 15-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : “Farhod va Shirin” dostonidan parcha o`qish. Asar matni ustida ishlash Doston tahlili
Ta`limiy maqsad: Asar mazmuni bilan tanishish.
Tarbiyaviy maqsad: Komil inson ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: matn ustida ishlash, bahs- munozara ,suhbat,test topshiriqlari.
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili.
3. Yangi mavzu bayoni
Farhod mamlakat xazinasidagi sirli saniqni ko’rib qoladi va otasini majburlab sandiqni ochiradi. Uning ichidan bir vaqtlar Iskandari Rumiy to’rt yuz olimga yasattirgan sirli ko’zgu chiqdi. Oynaning orqasidagi tilsimda yozilishicha, ko’zgu tilsimini ochmoqchi bo’lgan odam xatarli safarga otlanib, Yunonistondagi bir toqqa borishi kerak. Ungacha uch manzil bo’lib, birinchisida ajdahoni, ikkinchisida Ahraman devni, uchinchi manzilda ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni yengishi kerak. To’rtinchi manzil — o’sha tog’dagi g’or ichidan donishmand Suqrot topiladi. Farhod bu to’siqlarni mardona yengib, Jamshid jomini, Sulaymon uzugini, Iskandar boyligini qo’lga kiritadi. Suqrot uning, otasi va atobegi Mulkoroning taqdiri haqida bashoratlar beradi, ularga nasihatlar qiladi va jon taslim etadi.
Yunonistondan qaytishgach, Farhod sandiqdagi oynaga qaraydi va unda qandaydir bir yurt, tog’ kesish bilan mashg’ul odamlar, o’zining ham ariq qazayotganini hamda Shirinni ko’radi. Qizni ko’radi-yu, hushdan ketadi.
Sevgilisini izlab yo’lga chiqqan Farhod uning Arman yurtidan ekanligini safarda topgan do’sti Shopurdan eshitadi. U yerga borishgach, metindek toshlardan iborat tog’ni kesish mashaqqatiga mahkum odamlarni ko’rishadi. Ular tog’ni kesib, uning narigi yog’idan suv olib o’tishlari kerak edi. Afsuski, uch yil zahmat cheksalar-da, ishda siljish bo’lmagan. Bu qurilishni malika Mehinbonu jiyani Shirinning istagiga ko’ra bajartirayotgan edi. Navoiy ishlayotganlar tilidan Shirinning vasfi va toshkesarlar mashshaqatlarini quyidagicha bayon etadi:
Farhoddan ishqda tuban, kuchda ojiz Xusrav uni yuzma-yuz olishuvda yengolmagach, makr-hiyla bilan g’olib chiqmoqchi bo’ladi. Bir hiylagar kampir yollab, Farhodning oldiga yuboradi. Kampir: “Mehinbonu jiyanini Xusravga berishga rozi bo’ldi. Shirin buni eshitib, o’zini o’ldirdi. «Farhod! Farhod! deb jon berdi», — degan yolg’on xabarni yetkazadi. Bu xabar Farhodning bag’ri go’yo o’tkir pichoq urdi. Fig’on tortib yiqildi. Shundan keyin Farhod umri tugab borayotganini bilib, yurtini, ota-onasi-yu yaqinlarini yod etdi:
Farhodning ustozlaridan kasb o’rganishini eslang. Ular shunchaki hunarmand ustalar obrazi emasdi. Boniy — ko’ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o’rgatgan piri komil. Moniy — Olloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglatgan ustoz. Qoran - ko’ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid. Shular kabi yana Suhaylo, Suqrotdek ulug’lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o’zlashtirgan insongina hayotlik davrida o’z botinida dev, ajdaho, arslondek bo’lgan nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan o’z nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga bas kela oladi. Bir so’z bilan aytganda, u insoniy o’zligini yo’qotmay, poklanish yo’lida davom etadi. Poklanishga erishgan komil inson ayni paytda yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’noda Farhod o’zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson obrazidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |