9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi


O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari



Download 268,8 Kb.
bet112/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 78-dars Sana:____________ O`qituvchi:

Mavzu : Abdulla Oripov “Genetika”, “Bahor kunlarida”she`rlari

Ta`limiy maqsad: She`rlari bilan tanishish, tahlil qilishga o`rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonliginiva ifodali o`qishni rivojlantirish

Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: suhbat, ifodali o`qish

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash

3. Yangi mavzu bayoni. She`rlarni iodali o`qish va tahlil qilish.

GENETIKA

Men ham yashayapman o’z zamonimda,

Davrimdan qayga ham tushardim yiroq.

Va lekin bilmadim, mening qonimda

Qaysi bir bobomning xislati ko’proq

Barchaga barobar meros bu bashar,

Otadan qosh-ko’zni olgan o’g’ildek.

Bilmadim, qonimda qay ajdod yashar,



Balki Bobo Kayfiy, balki Ulug’bek.

Abdulla Oripov she’rlaridagi beadad samimiyat, tuyg’ular chinligi kishini beixtiyor o’ziga asir qiladi. Shoir she’rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obrazlaridir. U inson tuyg’ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan butun she’r emas, balki ayrim misralarning o’ziyoq she’rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi. Masalan, shoir odamlarning zilzila paytidagi ruhiy holatini: «Asablar tuproqqa cho’kkan edi tiz» tarzida beradi. O’zining pokiza yoshlik davrini esa «Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar to-vushin tinglardim faqat», — deya ifodalaydi. O’zbek xalqining yig’ma obrazi: «Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening o’ylarim» tarzida umumlashtiriladi. Shoirning: «qaro sochlaringda oppoq alanga» degan tashbihi aniqligi bilan ham, ta’sirchanligi bilan ham ko’ngilni rom etadi. Uning she’riyatida vatan timsolining chizilganiga e’tibor qiling: «Shabnam shovullaydi bog’lar qo’ynida, Salqin tuman ichra bo’zarar tonglar, Quyoshning erinchak yog’dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar».

Shoir vatan manzarasini yaltiroq so’zlarsiz, hayqirig’-u da’vatlarsiz samimiy aks ettiradi. Keltirilgan misralarda sun’iylik yo’qligi, yolg’on bo’lmagani uchun ham ta’sirchan va yuqumli. Bu satrlar chin insoniy sezimlarning ishonimli ifodasi ekanligi bilan esda qoladi.

Abdulla Oripov she’riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifatlardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murakkab holatlarni ham g’oyat ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan ta’sirli qilib o’zbekcha ifodalay bilish shoir she’rlarining qimmatini oshiradi. Shoir deyarli hamisha she’riy ifodaning aniq va tuyg’ularga ta’sir ko’rsata oladigan bo’lishiga erishadi. Uning: «Oyoqlangan qo’ziday dovdirar yelda maysa, Ko’m-ko’k moviy osmonda kezib yurar oq bulut» kabi satrlarida qo’llanilgan tashbihlar hayotiy asosi chuqur hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini hayratga soladi. Yelda silkinayotgan ko’klam ko’katining dovdirab, yiqilib-surinib endigina oyoqqa turayotgan qo’zichoqqa o’xshatilishi shoirning xalq turmushini bilibgina qolmay, uni ichdan tuyishini ham ko’rsatadi. Shu joyning o’zida ko’klam osmonini ham esda qoladigan qilib suratlantira olish uchun ulkan iste’dod talab etiladi. A. Oripov ko’z oldiga keltirish mushkul, ifodalash undan-da og’ir bo’lgan sezimlarni, mavhum tuyg’ularni tuyimli qilib chizish borasida tengsiz mahoratga egadir: «Yorilmagan yaraday sevgi!» — deydi u. O’ta mavhum tuyg’uni bundan ortiq aniq tasvirlash mumkin emas.


Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish