4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Qaysi misralar orqali A.Oripov odamlarning zilzila paytidagi ruhiy holatini aks ettirgan? A. “Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat” B. “Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening o’ylarim” C. “Asablar tuproqqa cho’kkan edi tiz” D. “Shabnam shovullaydi bog’lar qo’ynida, Salqin tuman ichra bo’zarar tonglar Quyoshning erinchak yog’dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar”. Qaysi misralarida A.Oripov ko’klamdagi o’rik g’o’ralarida hayotni davom etirish nishonasi borligini ko’ra bilgan? A. “Dilbar kelinchakning ko’ksida g’ulu, Zardoli shoxiga tashlar ko’z qirin” B. “Qizg’aldoq bargidek uchar dilda g’am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim” C. “Oyoqlangan qo’ziday dovdirar yelda maysa, Ko’m-ko’k moviy osmonda kezib yurar oq bulut” D. “Yorilmagan yaraday sevgi” 5.Mavzuni xulosalash.O`quvchilar bilimini baholash,darsni yakunlash
6.Uyga vazifa;she`r yod olish
Do'stlaringiz bilan baham: |