Mustahkamlash;savol va topshiriqlar ustida ishlash.
5. O`quvchilarni baholash .Uyga vazifa: Andijon tasvirini o`qib kelish
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 30-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : “Boburnoma” asaridan parcha o`qish
Ta`limiy maqsad: Asar mazmuni bilan tanishish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: matn ustida ishlash,suhbat, savol-javob, test topshirilari
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili.
3. Yangi mavzu bayoni
„Boburnoma» muallifning o’ziga xos tarjimayi holi, aqlini tanigandan boshlab umrining oxirigacha kechgan hayoti solnomasidir. Muhimi, asarda eng og’ir damlarda ham o’zining tanti, jo’mard, mehribon insoniy fazilatlarini saqlab qola olgan muallif timsoli turadi. Bobur vataniga muhabbatini hayotining so’ngigacha asraydi. 1528- yili Bobur Andijonga, Xo’jakalonga yozadi: „Bizni ehtimomimiz(Ehtimom — g’ayrat, urinish) ul sorilar bormoqqa behad va beg’oyatdir. Hindustan ishlari ham bir nav’ somon topib(Somon topmoq — yo’lga tushmoq, tartibga kelmoq) keladi... Ul viloyatlarning(Ul viloyatlar —Farg’ona vodiysi ko’zda tutiladi) latofatlarini kishi nechuk unutqay... Bu fursatta bir qovun keltirib erdilar, kesib yegach, g’arib ta’sir qildi, tamom yig’lab yedim(Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma, -T., 1960. 430-bet)».
Bobur asarida ota va o’g’il, shoh va shahzoda munosabatlariga ham befarq qaramagan. Taxtni egallash uchun Ulug’bekday donishmand otani qatl qildirgan Abdullatifni qattiq qoralaydi. Boburning o’zi esa farzandlariga ham mehribonlik va ham talabchanlikning ajoyib namunalarini ko’rsatadi. Chunonchi, 1528- yili Humoyun o’g’il ko’rganida, Bobur farzandini tabriklaydi. Murabbiy va ustoz sifatida unga otalik nasihatlarini beradi. Humoyunga xatlaridagi imlo xatolaridan tortib, yurish-turishigacha yo’l ko’rsatib, mehribonlik qiladi: „...xatlaringda yolg’uzluq, yolg’uzluqim debsen, podshohliqta aybdur... Podshohliq bila yolg’uzluq rost kelmas... Xatingni xud tashvish bila o’qisa bo’ladur vale asru mug’laqtur(Mug’laq — mavhum, tushunarsiz) ... Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas. Iltifotni „to» bilan bitibsen, Qulunjni „yo» bilan bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o’qisa bo’ladur, vale bu mug’laq alfozingdin maqsud tamom mafhum bo’lmaydur... Takalluf qilay deysen, ul jihattin mug’laq bo’ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti; ham sanga tashvish ozroq bo’lur, ham o’qug’uchig’a».
Do'stlaringiz bilan baham: |