Kreditning asosiy sharti – bu qarz uchun haq to’lash. Bu haq qarz qilingan summaga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Qarz foizi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bo’ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq, qarz pulining narxi – bu uning ma’lum to’lov ehtiyojini qondirish xossasidagi foydalanganlik uchun beriladigan haq bo’ladi. Qarz puli kapital sifatida yoki odatdagi to’lov yoki harid vositasida ishlatiladi.
Mana shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stvakasini to’laydi. Foiz stavkasi oldindan belgilanadi.
Kreditning foiz stavkasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
KFS = KF / KM 100;
Bu yerda, KFS – kreditning foiz stavkasi, %;
KF – qarz foizi, so’m;
KM – qarz miqdori, so’m.
Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Halqaro kreditlarning foiz stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu-York, Frankfurt, Parij va Bryussel shaharlarida joylashgan.
Kreditlarning foiz stavkasi turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Bu omillarning asosiylari quyidagilardir:
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday mikdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday mikdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif tushsa, u kamayadi.
4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati. Bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik yuritishning oqilona yo’llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab-tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va foydaliligini oshirishni ko’zda tutadi.
Ko’rsatib o’tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo’jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqa-rishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi xarajatlar birligiga to’g’ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko’payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xo’jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligidan darak beradi.
Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish xarajat-larining tarkibi va hajmi yotadi. Xarajatlar – bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirishda zarur bo’lgan omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, tadbirkorlik faoliyati) uchun sarflangan mablag’larning pulda aks ettirilishidir. Ular mahsulot tannarxi ko’rsatkichida namoyon bo’lib, barcha moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq to’lash xarajatlarining puldagi ifodasidir.
Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish mumkin. Doimiy xarajatlarga mikdori ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bilan ham o’zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham to’lanishi kerak. Ularga amortizatsiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug’urta badallari, boshqaruv xodimla-rining ish haqlari va boshqalar kiradi.
O’zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy mikdori bevosita ishlab chiqarish va sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek, mah-sulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tushuniladi. Bularga xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq to’lash va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bo’linishi korxonalar faoliyati samaradorligining har xil ko’rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir.
Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim turlarini xo’jalik faoliyatining natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning uchun turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlarning belgilangan tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini o’rganuvchi ularni o’zicha, u yoki bu ko’rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi.
Barcha ko’rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar; resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi ko’rsatkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |