Tasodifiy foyda yoki daromadlar – xo’jalik faoliyatini yurgizish davomida ko’zda tutilmagan tasodiflar, hodisalar, e’tiborga olinmagan jarayonlar va voqealar tufayli vujudga keladigan daromadlardir. Bularga, asosiy faoliyat yurgizish davomida ifodalangan hisobotlarda aks yetgan boshqa daromadlar bo’limi moddasidagi daromadlar kiritilmaydi.
Xo’jalik faoliyatini yuritish davomida korxonalar o’z mablag’lari darajasini aniqlashi va nazorat qilishi muhim o’rin tutadi. CHunki mulkiy javobgarlik, tuzilgan kontraktlar va shartnomalar asosida kelib chiqadigan o’zaro kelishmovchiliklar yoki muammolar mana shu mulkka bo’lgan egalik huquqlari bo’yicha kafolatlanadi.
Mulkiy javobgarlik, mulk shaklidan qat’iy nazar, faqat korxonaning o’z mablag’lariga quyilishi mumkin. O’z mablag’larning mikdori buxgalteriya balansi ma’lumotlariga asosan aniqlanadi.
Mulk formalaridan qat’iy nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobida bo’lgan o’z mablag’lari summasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
O’mab. = BV – (M + Mmaj.o’s. – Mmaj.so’n.) – Ddeb.qarz. – Z;
Bunda:
BV – balans valyutasi summasi;
M – uzoq muddatli va qisqa muddatli majburiyatlar passivini ikkinchi va uchinchi bo’limlari;
Mmaj.o’s. – majburiyatlarning o’sishi – oxirgi hisobot davri uchun balans ma’lumotlari bilan taqqoslaganda kontrakt imzolagan kunga qarz olingan va jalb qilingan mablag’lar;
Mmaj.so’n. – kontraktni imzolash sanasi va oxirgi hisobot davri uchun balansni tuzish sanasi o’rtasidagi davrda majburiyat-larning so’nishi;
Ddeb.qarz. – da’vo qilish muddati tugagan debitorlik qarzlari;
Z – zararlar summasi.
2. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari
Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit berilish muddatiga ko’ra, uch turga bo’linadi:
1. Qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bo’lgan kreditlar).
2. O’rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha bo’lgan kreditlar).
3. Uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yildan ortiq bo’lgan kreditlar).
Halqaro kreditlar berilish muddatiga ko’ra birmuncha farq qiladi. Bunda bir yildan besh yilgacha muddatga berilgan kreditlar o’rta muddatli, besh yil va undan ortiq muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb hisoblanadi.
Kredit ob’ekti – bu har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo’sh turgan, berilishi mumkin bo’lgan pullar va tovarlardir.
Kredit to’rt xil vazifani bajaradi:
Birinchidan, pulga tenglashtirilgan to’lov vositalari (masalan, veksel, chek, sertifikat va hokazolar)ni yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik oborotiga jalb qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |