Mali poytaxti Niarava boshqa shaharlarda hashamatli saroylar, masjidlar quriladi, hunarmandchilik va savdo rivojlanadi. Biroq ijtimoiy hayotda qabila zodagonlari mavqei saqlanib qoladi. Mali hukmdorlari o‘z yaqinlarining toj-u taxtga tajovuzidan cho‘chib, ko‘pincha saroy amaldorlarini, lashkarboshilari va hatto jangchilarni ham qo‘shni qabilalar vakillaridan olishgan. Mali aholisining asosiy qismi qishloqlarda yashovchi jamoalardan, jamoalar, o‘z navbatida, yirik patriarxal oilalardan tashkil topgan. XIV asr o xiriga kelib feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar Malining zaiflashishiga sabab bo‘ladi. XV asrda Mali butunlay inqirozga uchrab, parchalanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |