Noiblar esa, o‘z navbatida, lashkarboshi, amaldorlarga yer-mulklar in’om etishgan. Mahalliy aholidan soliqlar undirish ham noibning zimmasiga yuk-langan. Ko‘p o‘tmay Mali butun arab dunyosida mashhur bo‘lib ketadi. Uning hukmdori Muso I 1324-yilda Makkaga haj safari uyushtiradi. Muso I o‘zi bilan safarga ko‘p oltin olib yo‘lda ularni saxiylik bilan tarqatib boradi. Hukmdorga 8 ming jangchi va 500 ta qul hamroh bo‘lib, bu katta karvon 10–12 tonna oltinni o‘zi bilan olib ketgani taxmin qilinadi. Bu voqeadan so‘ng uzoq yillar davomida arab dunyosida oltinning narxi past bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |