Mali davlati. Mali davlat sifatida VIII asrda vujudga keladi. Uning keyingi rivojlanishiga qo‘shni Gana davlatining qudrati to‘sqinlik qilgan. XI asrdan Mali aholisi islomni qabul qiladi. Bu esa mamlakatga musulmon savdogarlarining ko‘chib kelishini tezlashtiradi. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida XIII asrda Mali o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishadi. Uning hukmdori Sundiata Keyt(1230–1255) ko‘p sonli kuchli qo‘shin tuzadi. Bu qo‘shin yordamida Sundiata karvon yo‘llari o‘tadigan hududlarni, oltin konlarini, qolaversa, qadimgi Gana yerlarini egallaydi. Mali hukmdori istilo etilgan viloyatlar noibligiga o‘z qarindoshlari va yaqinlarini tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |