Bojning asosiy qismini chetdan keladigan savdogarlar: arablar, barbarlar, yahudiylar to‘lagan. Lekin mamlakatning katta boyligi oltin bo‘lgan. Gana podshosi va zodagonlari oltin va tuz savdosidan katta foyda olgan. Podshoning kuchli qo‘shini bo‘lib, undagi 200 ming askarning deyarli 40 mingini kamonchilar, ma’lum qismini esa otliq jangchilar tashkil etgan. Marokash sultoni Abu Bakr1076-yilda katta qo‘shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan. Bu voqealardan so‘ng Gana podshosi Marokashga qaram bo‘lib, boj-yasoq to‘lashdan tashqari, o‘z zodagonlari bilan islom dinini qabul qilishga ham majbur bo‘ladi. Xalq qo‘zg‘oloni oqibatida marokashliklar hukmronligiga chek qo‘yilganiga qaramasdan, Gana davlati parchalanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |