Arab savdogarlari VII asrlarda g‘arbiy Sudan yerlariga O‘rta dengiz sohillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi tuz va boshqa mollarni keltirganlar. Savdo yo‘llari kesishgan joylarda yirik qasaba – qo‘rg‘onlar: Аukar, Gana, Tombuktu, Gao, Mali vujudga kelgan. Musulmon savdogarlaridan tashqari mahalliy zodagonlar ham qo‘rg‘onlarda yashaganlar. Ular keyinchalik vujudga kelgan davlatlardagi boshqaruvni qo‘lga oladilar. O‘rta asrlarda Niger va Senegal daryolari havzasida dastlabki davlatlar – Gana, Mali, Songailar tashkil topadi. Ularning dastlabkisi G‘arbiy Sudandagi Gana bo‘lgan. U VIII asrda vujudga kelib, X asrda o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishgan. Gananing daromad manbalaridan biri savdodan keladigan boj to‘lovlari edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |