9.3. О‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati va soliq islohotlarining asosiy yо‘nalishlari
О‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq siyosati quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda:
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirishda soliqlarning rolini oshirish,
Soliqlarning rahbatlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish,
Soliqlarni unifikatsiya qilish,
Iqtisodiyotga soliq yukini pasaytirish,
Soliq stavkalarini pasaytirish va hokazo.
Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri soliq stavkalarining pasaytirilishi, kichik biznes subyektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimining joriy etilishi iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sir kо‘rsatmoqda.
Soliq islohotlari tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri soliqlarning stavkalarini kamaytirish, resurs tо‘lovlari va mulk solig‘i bо‘yicha tushumllarning davlat byudjetidagi ulushini oshirishga qaratilgan.
О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning bunday imtiyozlar ichki investorlarga ham berilishini kо‘zda tutuvchi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi Farmoni imzolanishi bilan iqtisodiyotga investitsiyalar jalb etishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirshda yangi bosqich boshlandi. Ushbu farmondan kо‘zda tutilgan maqsad “xо‘jalik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yо‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradigan ilg‘or zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga mqaratilgan samarali rag‘batlantirish tizimini yaratish...” dir.*
Farmonda xо‘jalik yurituvchi subyektlarga uch yil mobaynida ishlab chiqarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini tо‘lashga yо‘naltirilgan mablag‘lar miqdorida, tegishli hisobot davri uchun hisoblangan amortizatsiya mablag‘laridan foydalanish sharti bilan, foydadan olinadigan soliq bazasini kamaytirish huquqi berilishi kо‘zda tutilgan. Shuningdek ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil muddatga mulk solig‘idan ozod etildi. Yagona soliq tо‘laydigan ishlab chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalariga esa yagona soliq bazasi xarid qilingan yangi texnologik jihozning qiymatiga teng. Ammo soliqqa tortish bazasining 25 foizidan kо‘p bо‘lmagan miqdorga kamaytirish huquqi kiritildi.
Mazkur farmonda bojxona tо‘lovlari bо‘yicha imtiyozlar ham belgilangan bо‘lib, bu imtiyozlar О‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qо‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik jihozlar rо‘yxatiga muvofiq qо‘llaniladi.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati, soliq mexanizmining investitsiyalar hajmini oshirishga, ularni ustuvor tarmoqlarga jalb etishga, tarkibini takomillashtirish, barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash maqsadlariga tasirini yaxshilashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |