Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta xazinaga-davlat byudjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, tо‘lov boshqa ixtiyoriy fondlar - «Iste’dod», «Ekosan», «Kamolot», «Nuroniy» jamg’armalariga tushsa, unda soliq munosabati bо‘lmaydi. Chunki majburiylik tamoyili yо‘q, u tо‘lov davlat mulkiga tushmaydi.
Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bо‘ladi. Tarixda 50 va 100 yillab о‘zgarmasdan harakatda bо‘lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi qancha chuqur bо‘lsa soliqlar shuncha qat’iy va uzoq yillar о‘zgarmasdan harakat qiladi yoki juda kam о‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |