Tо‘langan soliqlar mamlakat miqyosida hammaga bir xil miqdorda qaytib keladi. “Soliqqa tortish tizimida eng muhimi – bunda soliqlarning ichki mohiyati mujassamlashganligi ya’ni, u soliqlarni tо‘liq va samarali qaytarilish tamoyiliga amal qilishi kerak. Faqatgina soliqlarning tо‘liq, manzilli va samarali qaytarilishligigina soliq mexanizmini ijtimoiy takror ishlab chiqarishning eng muhim bо‘g‘inlaridan biriga aylantiradi”*
Lekin, davlatga tо‘langan soliq summasi tо‘lovchining shaxsan о‘ziga tо‘liq qaytib kelmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul tо‘lovidir. Masalan, soliq tо‘lovchi bu yili davlatning sog‘liqni saqlash va maorif xizmatlaridan hech foydalanmagan bо‘lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq tо‘lovchilarning tо‘lagan soliq va yig‘imlari davlatning ularga kо‘rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizomni о‘rnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) orqali о‘zlariga qaytib keladi. Demak, soliq tо‘lovchilar nuqtai-nazaridan olganda hamma soliqlar bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning kо‘rsatgan ijtimoiy xizmatlari uchun tо‘lanadigan (tо‘lov) xaqdir. Soliqlar byudjetga va davlat pul fondlariga kelib tushadigan, majburiy harakterga ega bо‘lgan pul tо‘lovi munosabatlaridir.
“Shuningdek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bо‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir, ya’ni har bir huquqiy shaxs, tadbirkor о‘z tovariga erkin baho belgilashi, mahsulot yetkazib beruvchini topishi va о‘zi iste’molchini topib unga mahsulotni sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat ularning bir qism daromadlarini taqsimlab, byudjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq qilib olish uchun Oliy majlisning qarori zarur, ya’ni qonun bilan olingan tо‘lov byudjetga о‘tadi. Erkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bо‘ladi, demokratik tо‘lovga aylanadi”*.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya bо‘lganligidan tо‘lovchilar va byudjet о‘rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini albatta, e’tiborga olish zarur. Soliq tо‘lovchilar daromadini davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga olishning ma’lum chegarasi mavjud. Bu xaqda kо‘plab yirik iqtisodchilar va davlat arboblari о‘z asarlarida kо‘rsatib о‘tgan. Uni davlat, shu bilan birga soliq tо‘lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib soliq belgilanadi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makroiqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli moliyaviy resurslar tо‘plash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq tо‘lovchilar bilan davlat о‘rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda о‘z ifodasini topadi. Aniqroq aytsak, bu yerda iqtisodiy munosabat, ya’ni pul munosabati mavjuddir.
Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig‘imlar turlarining yig‘indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy xarakterga ega bо‘lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat byudjetga tushishligini kо‘rsatadi. Bu О‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug‘urta, bandlik, yо‘l fondlari va boshqalarga) tо‘lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. О‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlarni о‘z ichiga oladi (9.2.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |