9-Mavzu: Davlat byudjeti, Soliqlar va davlat qarzi reja


Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va tо‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta turlarga bo’linadi



Download 90,5 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi90,5 Kb.
#265948
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-мавзу

Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va tо‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta turlarga bo’linadi:

Tо‘g‘ri soliqlarni bevosita soliq tо‘lovchilarning о‘zi tulaydi, ya’ni soliqni huquqiy tо‘lovchisi ham, haqiqiy tо‘lovchisi ham bitta shaxs bо‘ladi. To‘gri soliq yukini boshqalarga ortish holati bo‘lmaydi. Bu soliqlarga daromaddan to’lanadigan va barcha mulk soliqlari kiradi.

Egri soliqlarning huquqiy tо‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilardir (xizmat kо‘rsatuvchilardir). Lekin soliq og‘irligini tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilar tо‘laydi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga ustama ravishda qо‘yiladi.

Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar kо‘p bо‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga tо‘gridan-tо‘gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va byudjetga tо‘lovlari kamayishi mumkin.

Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar ish bilan band bо‘lgan aholining real daromadini pasaytiradi.

Jaxon soliq amaliyotida tо‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi yoki iqtisodiy qiyinchiliklari borligini tahlil qilib berish mumkin. Masalan, AQSHda tо‘g‘ri soliqlar salmog‘ining byudjet daromadida 90 foizga yaqin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti mavjudligidan darak beradi.

Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib utilganidek, tо‘gri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan о‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq summasi о‘zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni talab etadi.

Soliqlarning umudavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bulinishi xukumat idoralarining respublika xukumati va mahalliy xukumatlarga bо‘linishi asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo‘lishi kerak. Respublika xukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib intizom infrastrukturasini yaratish, mexnatkashlarga ijtimoiy ximoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham soliqlari ham salmoqli bо‘lishi shart.

Mahalliy soliqlar xukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va tо‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mexnatkashlarga yaqin bо‘lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Mahalliy byudjetlar daromadlarini kupaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Faqat о‘z daromad manbaiga tо‘liq ega bо‘lgan mahalliy xukumatlar о‘z faoliyatlarini tо‘liq amalga oshirishlari mumkin. Aks holda, har xil moliyaviy kamchiliklarga yо‘l qo’yish ehtimoli bor. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular faqat shu xududning byudjetiga tushadi. Boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.

Mahalliy byudjetlarning soliq va yig‘imlari kam bo‘lganligidan bu byudjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani yechishda ilgari kо‘rsatganimizdek xududdan respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi (masalan, QQS, daromad solig‘i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy byudjetlarga ular byudjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subvensiya (maqsadli yordam) berish hollari uchraydi.

Soliq tizimining takomilashganligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat byudjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi.


Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish