qiladi.
2. Boshqaruv maqsadi turlari.
Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarxda turkumlashni
taqozo etadi (16-jadval).
16-jadval
Maqsad turlari
№
Maqsadni turkumlash
belgalari
Maqsadlar
1
Umumjamiyat
miqyosidagi
munosabatlarni
aks
ettirishiga qarab
siyosiy maqsadlar
iqtisodiy maqsadlar
sotsial maqsadlar
ma’rifiy-ma’naviy maqsadlar
xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshq.
2
Boshqaruv pog’onalari
(darajalari)ga qarab
Hududiy boshqarish maqsadlari:
mamlakat maqsadlari
viloyat maqsadlari
tuman maqsadlari
qishloq maqsadlari
ishlab chiqarish maqsadlari
tarmoq (sektor) maqsadlari
korxona (firma) maqsadlari
yakka shaxs maqsadi
3
Amalga
oshirish
muddatiga qarab
joriy maqsadlar
istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar
4
Boshqaruvning amalga
oshirilishiga qarab
uzluksiz (kundalik) maqsadlar
fursatli maqsadlar
bir martalik maqsadlar
5
Kutiladigan natijalarga
qarab
pirovard maqsadlar
oraliq maqsadlar
6
Murakkablik darajasiga
qarab
oddiy, an’anaviy maqsadlar
muammoli maqsadlar
innovatsion maqsadlar
Mazkur turkumlanishdan ko’rinib turibdiki, maqsadlar o’zaro bog’liq bo’lib, muayyan
ierarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsaddarga bo’linishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga
bo’ysunishi mumkin.
Joriy maqsadlar
deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan ham kamroq muddat
mobaynida amalga oshirila-digan maqsadlar tushuniladi, Masalan, korxona bo’limlari oldida bir yil
mobaynida amalga oshirilishi mo’ljallangan quyidagi funktsional joriy maqsadlar qo’yilgan bo’lishi
mumkin (17-jadval).
17-jadval
Joriy maqsadlar
№
Korxona bo’limlari
Joriy maqsadlar
1
Ishlab chiqarish
bo’limlari
Korxonada “x” nomli yangi mahsulotni ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish
2
Texnologiya bo’limi
“x” mahsulotini ishlab chiqarish bo’yicha yangi
texnologayani joriy qilishni yakunlash
3
Tadqiqot bo’limi
“x” KVT quvvatga ega bo’lgan mahsulot modelini ishlab
chiqish
4
Mexnat bo’limi
“A” mahsulot turini bitga ishchiga to’g’ri keladigan ishlab
chiqarilishini “x” donaga ko’paytirish
5
Marketing, savdo
bo’limi
Mahsulot sotish hajmini “A” so’mga ko’paytirish
6
Moliya bo’limi
Foydani “x” so’mga ko’paytirish
Qarzdorlikni “x” so’mgacha kamaytirish
Aktsiyadan olinadigan daromadni “x” so’mga ko’paytirish
7
Sotsial bo’lim
Mahalliy hokimiyatga “n” so’mlik mablag’ ajratish
8
Ekologiya bo’limi
Atmosferaga chiqarib tashlanadigan chiqindilarni “x” m
3
ga
kamaytirish
Ammo, masalaning boshqa tomoni ham bor. Agar maqsad murakkab va ustiga-ustak amalga
oshishi gumon bo’lsa, unda boshqarish ijobiy natijalarga erishishdan mahrum bo’ladi.
Har qanday maqsadning samaradorligi erishilgan natijaga to’rri baho berilishiga va uni
rag’batlantirish darajasiga bog’liq. Agar erishilgan natijaga adolat yuzasidan baho berish va uni
tegishli ravishda rag’batlantirish odat tusiga kirgan bo’lsa, u holda bu korxonada o’rnatilgan
boshqarish. usuad ravnaq topib boraveradi.
1991 yilning 31 avgustida O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi.
Shuqday bir sharoitda respublikada davlat va iqgisodiyotni qayta qurishning
Do'stlaringiz bilan baham: