9.3-rasm. ДСШ turidagi rele: 1,6 – maxalliy
elektr magnitlar; 2 – tortqich; 3 – kontakt tizimi; 4,7 – roliklar; 5 – yakor
M E va YE o‘zaklari bir-biriga nisbatan simmetrik joylashgan bo‘lib, trans-formator po‘latidan tayyorlangan Sh-shaklli 1 va P-shaklli 6 tunikalarning yig‘ilma-laridan iboratdir. Ikkala ele-ment ham metalli staninaga (poydevor) o‘rnatilgan bo‘-lib, ular orasidagi havo tirqi-shida vertikal tekislikda en-gil alyumin sektor 5 (yakor) harakatlanadi. Sektorning aylanish yo‘li 4 va 7 roliklar yordamida cheklangan bo‘-ladi. Sektorga, kontakt 3 tizimini boshqaradigan, tort-qich 2 qotirilgan. Rele o‘ch-ganda sektor pastki (4 rolik oldidagi) holatda bo‘ladi. Elektr magnitlar ulanganda, sektorga aylantiruvchi mo-ment ta’sir etib, sektorni yuqoriga (7 rolikka qaratib) siljitadi va kontaktlarni almashlab ulaydi. Ro‘para va orqa kontaktlar kumush bilan aralashtirilgan grafit-dan tayyorlangan, umumiy kontaktlar esa kumushdan bajarilgan bo‘ladi.
ДСШ rele I sinf ishonchlikka ega relelar guruhiga tegishli, chunki uni sektori og‘irlik kuchi ta’siridan qo‘yib yuboriladi. Induksion releda yakorni magnitaviy yopishib qolish hodisasi bo‘lmaydi.
Aylantiruvchi momentni ko‘paytirish uchun elektr magnitdagi I1 va I2 toklarni ko‘paytirish hamda sektorni Zc qarshiligini kamaytirish kerak. Shu sababli, sektor, engil va yaxshi elektr o‘tkazuvchanlikka ega material bo‘lgan alyuminiydan baja-riladi.
T emir yo‘l avtomatikasida induksion relelarni o‘zgaruvchan tok rels zanjirlari-da yo‘l relesi sifatida ishlatishadi. Bunday rels zanjirlarining soddalashgan sxemasi esa 9.4-rasmda keltirilgan.
9.4-rasm. ДСШ-12 turdagi releni ulanish sxemasi
va vektor diagrammasi
Rels zanjiri (9.4,a-rasm), izolyasiyalovchi tutashma IT bilan cheklangan yo‘l bo‘lagi (uchastkasi) dan iborat. Uni bitta uchidan ta’minlovchi transformator TT orqali o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi. Boshqa uchiga esa, rele transformatori RT orqali induksion relening yo‘l elementi YE ulangan. Mahalliy element ME, mahalliy ta’minot oladi. Relslarga va ME ga bitta faza kuchlanishi beriladi.
Rels zanjiri, yo‘l uchastkasining bo‘sh (vagon, poezd yo‘q) ligini nazorat qilishga xizmat qiladi. Poezd harakati davrida ushbu nazorat tekshiriladigan xavf-sizlik shartlarining asosiylardan biri hisoblanadi. ДСШ relesi bu shartni ta’minlaydi, chunki u I sinf ishonchlikka ega bo‘lgan rele hisoblanadi. Agar yo‘l uchastkasi bo‘sh bo‘lsa, unda rele sektori yuqori holatda bo‘ladi. Buning uchun releda fazaviy nisbat-lar idealga yaqin qilib, ta’minlanadi.
ДСШ-12 releni vektorlar diagrammasida (9.4,b-rasm) ideal fazaviy nisbatlar uchun Iye va Ime vektorlar orasidagi burchak 90 teng. Rasmdagi 65 va 72 burchak-lar, YE va ME induktivliklari bilan aniqlanadi. Rele pasportida, Iye va Ume vektorlar orasidagi ideal id burchak sifatida 162 ko‘rsatiladi, chunki ko‘pchilik fazometrlar, tok va kuchlanish orasidagi faza siljishini o‘lchashadi.
Iye va Ime toklar orasidagi 90 yaqin faza siljishi, induktiv yuklama bo‘lgan rels zanjiri tufayli hamda 9.4,a-rasmdagi sxemada ko‘rsatilmagan qo‘shimcha reaktiv elementlar yordamida, hosil qilinadi.
Rels zanjirini, hech bo‘lmaganida bitta g‘ildirak juftligi egallaganda, induksion rele o‘zini sektorini, ikkita sababga ko‘ra aylantiruvchi momentini keskin kamayishi tufayli, qo‘yib yuboradi. Birinchidan, Iye tok keskin kamayadi, chunki g‘ildirak juftli-gini qarshiligi (0,06 Om), YE nisbatan ancha kam va rele shuntlanadi. Ikkinchidan, sxemada g‘ildirak juftligining qo‘shimcha qarshiligi qo‘shilib, ideal fazaviy nisbatlar buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |