9.7-rasm. Rels zanjirlarining chegarasidagi ikkita
drossel-transformator
Teskari tortqi tok drossel-transformatorga ikkala relslardan qarama-qarshi tomonlardan shunday oqib keladiki, uning ikkilamchi cho‘lg‘ami kelayotgan toklarning (signal) tengligi sababli xalaqitlarni sezmasligi kerak (9.7 -rasm). Biroq, amalda qarama-qarshi relslardagi tortqi toklarni mutloq teng-ligiga erishib bo‘lmaydi, bunda assi-metriya odatda 10... 20% etadi.
Shuning uchun, begona toklarni ta’sirini istisno qilish uchun, rels zanj-irining yo‘l relesi tortqi tok chastotasi va uning garmonikalariga mos chastotaga ega bo‘lishi mumkin emas.
O‘zgaruvchan tokdagi chastota-si 50 Gts elektr tortqi uchastkalarda chastotasi 25 Gts rels zanjirlari qo‘lla-niladi (MDX dav-latlarida), 75 Gts (Sharqiy Evropada), 83 1/3 Gts yoki 125 Gts (Markaziy va G‘arbiy Evro-pada) va h.k. 16 1/3 Gts chastotali o‘zgaruvchan tokda elektr tortqi uchastkalarda 42 va 125 Gts rels zanjirlari qo‘llaniladi.
O‘zgaruvchan tokdagi har qanday rels zanjirlarini o‘zgarmas tokda elektrlashti-rilgan uchastkalarda qo‘llasa bo‘ladi. Ko‘p xollarda bunday uchastkalar 50 Gs rels zan-jirlari bilan jihozlanadi. Drossel-transformator-ning qarshiligi past (odatda 1 Om дан kam) bo‘lishi kerak va katta tortuv toklari o‘tishini ta’minlashi kerak (masalan, o‘zgarmas tokdagi elektr tortuvli uchastkalarda 1000 A ko‘pni). Drossel-transfor-matorni izlar orasidagi maxsus tokchada yoki uning yonida joylashtiriladi (9.8-rasm). Rels zanjiri chegarasida ikkita drossel-transformator bitta umu-miy korpusda yig‘ilgan bo‘lishi mumkin.
Chegaradosh rels zanjirlari turli chastotalarda ishlaganda izo-lyasiyalovchi tutashgichlar o‘rna-tish zarurati bo‘lmaydi va tortuv toki ikkala rels iplaridan drossel-transformator o‘rnatmasdan o‘tka-zilishi mumkin. Agar ikki rels zanjiri orasida aniq chegarani o‘r-natish zarur bo‘lsa, bunday xolat istisno etiladi (masalan, stansiya-dagi qisqa seksiyalarda). Shuning-dek drossel-transformatorni, biror-ta rels ipida uzilish xoli bo‘lganda, tortuv tokidagi assimetriyani kamaytirish uchun qo‘llash mumkin.
R els zanjirlarini qo‘shimcha funksiyalari. Rels zanjirlari na faqat uchastkani bo‘shligini nazo-rat qiladi, boshqa masalalarni ham, jumladan quyidagilarni ham bajaradi: lokomotiv bortidagi signallashtirish va avtomatik tormozlash tizimiga axborot uzatadi; blok-uchastkalar orasida signalli axborotlari alma-shadi; relslarni butunligini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |