9-Maruza Neftkimyoviy sintezlar. Reja



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678105
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-Mavzu (1)



9-Maruza 
Neftkimyoviy sintezlar

Reja
1. Neftni qayta ishlash jarayonida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar.
2. Alkanlarni parchalanish mexanizmi. 
3. Olefinlar, naftenlar va aromatik uglevodorodlarning krekingi. 
4. Katalitik krekingning mahsulotlari. Tabiiy gaz asosida metanolni olish kinetikasi 
va mexanizmi. 
1. Neftni qayta ishlash jarayonida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar. 
Gaz sanoatining dastlabki davrlarida gazdan faqat energiya manbai 
sifatida foydalanib kelingan. Gaz kimyoviy tomondan qayta ishlash esa fan va 
texnikaning ulug‘vor yutuqlaridan biri hisoblanadi. Tabiiy gazlarning kimyoviy 
xom ashyo sifatida qiymati shundaki, ularning tarkibida ko‘p miqdorda metan - 
uglevodorod bor. Masalan, Buxoro Gazli konidan olinadigan tabiiy gaz tarkibida 
98 foizga yaqin metan borligi aniqlangan. Yaqin vaqtlargacha tabiiy gazlar inert 
birikmalar hisoblanib kelingani uchun ulardan kimyo sanoatga foydalanilmas edi. 
Metan va uning gomologlarining reaksiya xossasi yaxshi emas deb hisoblanardi. 
Biroq katalizatorlardan keng va har taraflama foydalanishni o‘rganish, ularni 
parchalash, oksidlash, xlorlash, nitrolash va boshqa reaksiyalarni amalga oshirish
imkonini berdi. 
Metanning eng istiqbolli kimyoviy qayta ishlash jarayonlaridan biri uning 
oksidlanishidir. Bu reaksiya natijasida formaldegid va metanol hosil bo‘ladi. 
O
H
O
CH
O
CH
2
2
2
4




Formaldegid olishning bu bevosita usuli juda qulay bo‘lganligi sababli keng 
foydalanilmoqda. Metandan formaldegid ajratib olish mumkinligini dastlab 
akademik 
S.S.Medvedev 
kashf 
qilgan 
edi.Akademik 
N.N.Semyonov 
uglevodorodlarning zanjirli oksidlanish nazariyasini yaratdi.Shu nazariya asosida 
formaldegid olishning yangi usulini ishlab chiqildi. 
Bu 
usul 
qo‘llanilganda 
tapkibida 
0,1% 
azot 
oksidlari bo‘lgan metan - havo aralashmasi 500-600 oS qizdirilgan reaktordan tez 
o‘tkaziladi. Bu usulda reaksiyaga kirishgan metandan ajralib chiqadigan 
formaldegid 70% ni tashkil etadi. Formaldegid rangsiz, o‘tkir hidli gaz, faol 
kimyoviy birikma, u boshqa moddalar bilan oson reaksiyaga kirishadi.Shu tufayli 
ham formaldegid organik sintezning bebaxo yarim mahsulotiga aylanib qoldi. 
Formaldegid asosida mochevina-formaldegid, fenol-formaldegid smolalari, yangi 
polimer-poliformaldegid, organik buyoklar, dori va antiseptik preparatlar 
tayyorlanadi. Formaldegiddan foydalanish miqyosi yil sayin kengayib bormokda. 


Yaqin vaqtlargacha formaldegidni metil spirtini temirli va kumushli 
katalizatorlar ta’sirida oksidlash yo‘li bilan olish asosiy usul hisoblanardi. Bu 
usulni M. I. Kuznetsov, YE. I. Orlov ishlab chiqgan edilar. 
O
H
O
CH
O
OH
CH
2
2
2
3
2
2
2



Bunday usul qo‘llanilganda asosiy xom ashyo sifatida metil spirti ishlatiladi. 
Metil spirti oksidlanganda 90% formaldegid olinadi. Biroq, uglerod va 
vodorod oksidini koksdan olish xarajatlarining ko‘pligi metil stirtining ancha 
vaqtgacha juda qimmat turishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi vaqtda uglerod oksidi va 
uglerod tabiiy gaz - metandan olinadi. Bu usulda olingan formaldegidning tannarxi 
ikki baravar arzondir. Davlat azot sanoati institutining filiali ishlab chiqarish 
loyihada metil spirti va formaldegidni Buxoro tabiiy gazidan olish ko‘zda tutilgan.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish