9-Maruza Neftkimyoviy sintezlar. Reja



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678105
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-Mavzu (1)

O
H
O
CH
O
OH
CH
O
H
O
CH
O
CH
CuO
Pt
C
NO
С
o
о
2
2
,
,
700
500
2
3
2
2
,
600
500
2
4
2























O
CH
H
CO
2
2


а) formaldegid fenol – formaldegid qatron ishlab chiqarishda qadimdan 
foydalanib keladi. Mazkur smolani sanoat usulida olish usulini professor G.S. 
Petrov Orexovo – Zuyevo shahrida ishlab chiqqan Bu qatron “karbolit” deb 
ataladi. 
Formaldegidni fenol yoki uning gomologlari bilan ko‘p marta 
kondensatsiyalash natijasida termoplastik yoki termoreaktiv fenol – 
formaldegid qatronlar olinadi. U yoki bu qatronning paydo bo‘lishi asosiy 
moddalarning nisbatiga bog‘liq. Novalak qatron: fenol:formaldegid (7:6). M = 
500-700., dastlabki moddalar nisbati (2:1) bo‘lganda M = 230 -250 ga teng. 
Termoplastik fenol – formaldegid qatroni spirt, atseton, benzol, dioksanda 
yaxshi eriydi. Erish natijasida yupqa parda hosil qiladi. Smolaning bu xossasi 
undan tabiiy shelak o‘rnida foydalanish imkonini beradi. Shu tufayli ham bu 
smolani yangi lak deb ham atashadi.
Polimerlarning ikkinchi tipi formaldegidni ko‘proq qo‘shish natijasida 
olinadi va rezol (6:7) qatronlari deb ataladi.
b) Mochevina – formal’degid qatronlar plastmassa, yelim, lak sifatida 
keng ishlatiladi. Ular fenol-formal’degid qatronlardan rangsizligi, bo‘yoq 
qo‘shilgach turli xil rangga kirishi bilan farq qiladi. Mazkur qatronni 
tayyorlash uchun formal’degid va mochevina ishlatiladi. Bu moddalar esa 
tabiiy gazdan olinadi. Mochevina-formaldegid smolalar olish va uni qayta 
ishlash gazdan foydalanishning eng ratsional yo‘llaridan biridir. 
Respublikamizda mochevina-formaldegid smolasini Chirchiq elektrokimyo 
kombinatida ishlab chiqarishni mo‘ljalanmoqda. Karboamid quyidagi usullar 
yordamida olinadi: 


guanidin
NH
NH
CO
NH
O
H
NH
C
NH
NH
CO
NH
O
H
CN
NH
NH
CO
NH
OH
NH
CO
NH
NH
CO
SO
H
O
H
C
o
3
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
4
2
130
3
2
)
(
2
4
2
2










 






 





 




Mochevina-formaldegid qatronlar o‘zining qimmatli texnik xossalari tufayli 
texnikada keng foydalanilmoqda. Ular rangsiz, nurga chidamli, qattiq, hidsiz, turli 
erituvchi suyuqliklarga chidamlidir. 
Mochevina-formaldegid qatronlar asosan qo‘yma va presslangan 
plastmassalar, laklar, g‘ovak materialar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ular elektr 
yoyi ta’sirida azot va vodorod ajratib chiqaradi. Bu elektr yoyini tezda o‘chiradi. 
Mochevina-formaldegidning bu ajoyib xislati elektrotexnikada turli xil elektr 
detallarini tayyorlashda foydalaniladi. Mochevina-formaldegid smolalarning 
yog‘och qipig‘i va kog‘oz qo‘shib, siqilgan mahsulotlari eng ko‘p tarqalgan 
Ulardan abajur, lampalar, turli xil idishlar, asboblar, foto-radio instrumentlari, 
priyomniklar, telefonlar, shtepsellar, eshik tutqichlari, pardozlash plitalari va 
boshqa shunga o‘xshash keng iste’mol buyumlari tayyorlanadi. Chiqindiga 
chiqgan o‘nlab ming tonna yoroch qipig‘lariga fenol-formaldegid smolalar 
singdirilib mebel sanoatida foydalanilishi mumkin. Fenol-formaldegid shimdirilib 
presslangan qipig‘ eng yaxshi navli yogochnikidan ham yaxshi plitalar yasashga 
yaraydi. 
Mochevina-formaldegid smolasining yana bir xislati shundaki, undan 
«mipora» deb atalgan g‘ovak materiallar tayyorlash mumkin. Bu materiallar
vagonlar, kemalar, xolodilnik va boshqalarni issiq, sovuq, tovush va elektr 
o‘tkazmaydigan qiladi. Mochevina-formaldegid qatronlarning turli xil eritmalari 
har xil gazlamalarga shimdirish uchun ham ishlatiladi. Shunda gazlamalar 
oqarmaydigan, g‘ijimlanmaydigan, yaxshi bo‘yaladigan va chidamli bo‘ladi. 
Oftobda aynimasligi, turli xil buyoqlarga yaxshi qo‘shilishi mochevina-
formaldegid qatronlardan lak va emal tayyorlashda foydalanish imkonini beradi. 
Bu qatronlardan tayyorlangan lak va emallar aniq ishlaydigan asboblar, mashina va 
mexanizmlar, xolodilniklar, radio va televizion apparaturalarni yupqa parda bilan 
qoplashda foydalaniladi. 
Keyingi vaqtlarda mochevina-formaldegid qatronlardan foydalanishning 
yangi eng yirik sohasi bunyodga kelmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, yerga faqat 
mineral o‘g‘itlargina emas, balki polimer o‘g‘itlar ham solinishi lozim ekan. Bu 
tuproq va o‘simliklarga yaxshi ta’sir qiladi. 
Mochevina bundan tashqari chorvachilik uchun ham zarur ozuqa 
moddasidir. Uz tarkibida azot saqlaydigan bunday ozuqalar bilan bokilayotgan
mollarning mahsuldorligi ancha oshadi. 


Formaldegiddan antiseptik moddalar sifatida foydalanish mumkin. 
Urotropin, melamin va anilin-formaldegid qatronlari olishda, kimyoviy 
tolalarni «ulovchi» sifatida ishlatish mumkin. Tabiiy gazdan olinadigan 
formaldegid va mochevina tayyorlash miqyosi yil sayin tez sur’atlar bilan
oshib bormokda. Yaqin vaqtlar ichida Buxoro tabiiy gazini formaldegid va 
mochevinaga aylantirish va shu asosda o‘n minglab tonna plastmassalar, laklar,
o‘g‘it, mol ozuqasi va tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar ishlab
chiqarish mumkin.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish