Nazariy falsafa 3 ga bo‘linadi: 1) quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik
(tib, kimyo, astrologiya va boshqa);
2) o‘rta darajadagi ilm- matematika
(geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa);
3)oliy darajadagi ilm-
metafizika (
ilohiyot
).
Amaliy falsafa ham uch qism (
axloq, iqtisod va siyosat
)ga bo‘linib,
birinchisida shaxs, uning fe’l-atvori qanday bo‘lishi haqida; ikkinchisida
insonlarning oilada, xo‘jalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday
bo‘lishi va uchinchisida shahar yoki o‘lka miqyosida kishilarning bir-biri
bilan munosabati qanday bo‘lishi, davlatni idora qilish haqida gap boradi. Bu
turkum ham mayda tarmoqlarga bo‘linib ketadi. Asarda 29 ilm tarmog‘i tilga
olinadi.
Abu Ali ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu
mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar o‘zaro yordam asosida
yashashlari kerak deb ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o‘zaro
kelishuvi
asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi
lozimligini aytadi. Jamiyat a’zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari,
qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning
o‘zi adolatsizlikka yo‘l qo‘ysa, xalqning unga qarshi kurashi to‘g‘ri va
jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak, deb hisoblaydi. O‘zining
axloq to‘g‘risidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur
axloqiy munosabatlarga, kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, to‘g‘rilik, sofdillik
kabi axloqiy fazilatlarga alohida e’tibor beradi.
Abu Ali ibn Sino o‘zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi
davr SHarq va G‘arb madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Prezidentimiz Islom Karimov qayd etganidek: “Islom olamining eng
mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda
insoniyatning eng buyuk
mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor bo‘lgan Abu Ali ibn Sinoning
hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g‘urur va ehtirom tuyg‘ularini
uyg‘otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug‘ zot o‘z
umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati, avvalo,
tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya,
matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag‘ishlangan.
Leonardo
da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar
avlodi uning asarlarini o‘qib, hayratga tushganlar.
Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng
mashhur bo‘lgan, “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental
asari bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda
ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya
sohalarining eng muhim usullariga asos soldi.
Bejiz emaski, bu kitob
Evropada XV asrda chop etilgan dastlabki kitoblardan biri bo‘lgan va
Evropaning etakchi universitetlarida qariyb 500 yil davomida tibbiyot ilmi