8-Mavzu: Sharq uyg`onish davri madaniyati Reja



Download 260,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana29.03.2022
Hajmi260,87 Kb.
#516517
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
8 mavzu matni (pdf)

4-
 
kitobda 
-
kishi a’zolaridan birortasiga xos bo‘lmagan «umumiy» 
kasalliklarga bag‘ishlangan. Bunday kasalliklarga turli istmalar, shishlar, 
toshmalar, yara-chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, asablarning 
jarohatlanishi, bosh suyagi, ko‘krak qafasi, umurtqa va qo‘l-oyoqlarning 
shikastlanishi kiritilgan. SHuningdek, mazkur asarda uzoq cho‘ziladigan va 
o‘ta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida 
so‘z boradi. 
5-
 
kitob
-farmakopeya bo‘lib, unda murakkab tarkibli dori-darmonlarni 
tayyorlash va ulardan foydalanish usullari yoritilgan. 
Abu Ali ibn Sino 1023 yili Isfaxonga borib, umrining 14 yilini shu 
erda o‘tkazadi. Bu erda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashg‘ul bo‘lib, bir 
qancha asarlar yaratadi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi 
fanlarga oid kitoblar bor. “Kitob ash-SHifo”ning qismlari, fors tilidagi 
“Donishnoma” va 20 jildli “Insof-adolat kitobi” shular jumlasidan. 
Zamondoshlari Abu Ali ibn Sinoni “SHayx ar-rais” (
“Donishmandlar 
sardori, allomalar boshlig‘i
”); “SHaraf al-mulk” (“O‘
lka, mamlakatning
obro‘si, sharafi
”), “Hujjat al-haqq” (“
Rostlikka dalil
”), “Hakim al-vazir” 
(“
Donishmand vazir
”) deb ataganlar. Jahon fani tarixida Abu Ali ibn Sino 
qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki, u o‘z davridagi mavjud fanlarning 
qariyb barchasi bilan shug‘ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim 
asarlarini o‘sha davrda YAqin va O‘rta SHarqning ilmiy tili bo‘lgan arab 
tilida, ba’zilari (
she’riy va ayrim falsafiy asarlari
)ni fors tilida yozgan. Turli 
manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha 
ularning 274 tasi etib kelgan. SHulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga 
oid bo‘lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, matematika, 
musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag‘ishlangan. 
Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni, 
falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish mumkin. Lekin Abu Ali 
ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va 
e’tibori ko‘proq falsafa va tibga qaratilganini ko‘ramiz. Garchi, uni 
“Avitsenna” sifatida G‘arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, 
“Tib qonunlari” bo‘lsa-da, “SHayx-ar-rais” nomi, eng avval, uning buyuk 
faylasufligiga ishoradir. Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari 
“Kitob ash- SHifo”dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq ― 9 qismga bo‘lingan: 
“Al-madhal” ― mantiqqa kirish; “Al-maqulot”-kategoriyalar; “Al-Iborat”-
interpretatsiya; “Al-Qiyos”-Sillogizm; “Al-burhon” Isbot-dalil; “Al-Jadal”-
tortishuv, dialektika; “As-safsata” sofistika; “Al-xitoba”-ritorika; “Ash-
she’r”- poetika (she’r san’ati); 
2) tibbiyot -(bu erda minerallar, o‘simliklar, hayvonot olami va 
insonlar haqida alohida-alohida bo‘limlarda gapiriladi); 3) riyoziyot - 4
fanga bo‘linadi; hisob (
arifmetika
), handasa (
geometriya
), astronomiya va 
musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot. 


Abu Ali ibn Sinoning yana bir falsafiy asari “Kitob an-Najot” “Kitob 
ash SHifo”ning qisqartirilgan shakli. Olimning falsafiy qarashlari yana “Al-
ishorat va-t-tanbihot” 
(“Ishoralar va tanbehlar”), 
“Hikmat al- mashriqiyn” 
(“SHarqchilar falsafasi”), 
“Kitob al-ishorat fi-l-mantiq va l- hikmat” 
(“Mantiq va falsafaning ishoralari”) 
fors tilida yozilgan. “Donishnoma” 
(“Bilim kitobi”) 
va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarida hamda “Tayr 
qissasi”, “Salomon va Ibsol”, “Hayy ibn YAqzon”, “Yusuf haqida qissa” kabi 
falsafiy mazmunli badiiy qissalarda o‘z aksini topgan. 
Abu Ali ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel ta’limoti va Abu Nasr 
Forobiy asarlari ta’sirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi 
mavjudotni ya’ni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, 
o‘zaro munosabati, bir-biriga o‘tishini zaruriyat, imkoniyat, voqelik, 
sababiyat olamlari asosida, har tomonlama o‘rganishdan iborat. 
Abu Ali ibn Sino mineralogiya (

Download 260,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish