8-Mavzu: Sharq uyg`onish davri madaniyati Reja



Download 260,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/27
Sana29.03.2022
Hajmi260,87 Kb.
#516517
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
8 mavzu matni (pdf)

(“Turar joylar orasidagi hududlarni aniqlash 
uchun manzillarning chegaralarini belgilash”
)ni 1025 yilda tugallagan. Bu 
asarning birdan-bir qo‘lyozmasi Istambulda “Geodeziya” nomi bilan tarjima 
qilingan. Muallif shu asarida dunyo bir-biri bilan qo‘shilgan yaxlit suv 
havzasini tashkil qiladi deb xulosa chiqargan. 


Abu Rayhon Beruniyning mashhur “Hindiston” asari ― “Tahqiq mo 
lil- Hind min ma’qula maqbula fi-l-aql av marzula” 
(“Hindlarning aqlga 
sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi”) 
1030 yilda 
yozilgan. Bu asar G‘arb va SHarq olimlari tomonidan yuksak 
baholangan. 
Hindistonda sanskrit tilini puxta o‘rganish uning hind madaniyati, adabiyoti 
va Hindistonning o‘sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishiga hamda bu 
mamlakat haqida o‘lmas asar yaratishiga imkon berdi. “Hindiston” hajmi 
jihatdan juda katta asar. Unda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar
geografiya, elshunoslik, qonun va urf-odatlar, tarixiy-diniy rivoyatlar, hind 
yozuvining turlari haqidagi ma’lumotlar bor. 
Abu Rayhon Beruniyning falakkiyot sohasidagi xizmatlari ayniqsa, 
kattadir. U o‘z ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi masalasida Ptolemey 
nazariyasiga suyansa ham, lekin Erning harakati haqida o‘sha davrda 
hukmron nazariyaga zid keladigan fikrlarni bayon qilgan. “Hindiston” 
asarida “Erning aylanish harakati falakiyot fani hisoblariga hech qanday zid 
kelmaydi, balki Erda yuz beradigan hodisalar, uning harakati bilan birga 
davom etaveradi”, degan fikrni bayon etadi. 
Abu Rayhon Beruniy o‘z zamonasining ulkan matematiklaridan biri 
edi. Uning matematika faniga qo‘shgan hissasi muhim ahamiyatga ega. Abu 
Rayhon Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi 
va trigonometriya tushunchalari ma’lum tartib bilan ta’riflanadi. Olimning 
arifmetika va algebrasining katta yutug‘i shundan iboratki, unda irratsional 
sonlar arifmetika va algebraning teng huquqli predmeti bo‘lib qoldi. 
Tarixda Amerika qit’asini 1492 yilda dengiz sayyohi Xristofor Kolumb 
kashf etganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Abu Rayhon Beruniyning 
ilmiy farazi mavjudligi ham ma’lum. Olim o‘zining “Hindiston” asarida Er 
yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlik to‘g‘risida gapirib”, ...Erning choragi 
ma’muradir. Ma’murani G‘arb va SHarq tomondan Muhit okeani (
Atlantika 
va Tinch okeani
) o‘rab turibdi. Bu Muhit okeani, erning obod qismini 
dengizlarning narigi tomonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan quruqlik yoki odam 
yashaydigan orollardan ikkala yoqdan ajratib turadi...”,― deb yozadi. 
SHunday fikrni “Al-Qonun al-Mas’udiy” asarida ham uqtiradi. Demak, 
g‘arbiy yarim sharda yaxlit bir quruqlikning, keyinchalik Amerika deb 
nomlangan qit’aning mavjudligini Abu Rayhon Beruniy evropalik olimlardan 
450 yil oldin bashorat qilgan. 
Abu Rayhon Beruniyning “Kitob al-jamohir fi ma’rifat al-javohir” 
(“Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami”) 
kitobi 
minerologiya fanida muhim kashfiyot va xulosalar chiqardi. Bu sohada Abu 
Rayhon Beruniy ajdodlar erishgan fan yutuqlarini tan oldi, ularga o‘z 
yaratgan yangi ma’lumotlarni qo‘shdi. U minerologik tekshirishda 
qimmatbaho toshlarning rangini, yaltiroqligini tasvirlash, qattiqligini 
aniqlash, ularning magnit va elektr xususiyatlarini kuzatish, eritib sinash kabi 
usullardan foydalangan. Uning “Minerologiya” asari konlarni o‘rganish, shu 
jumladan, O‘rta Osiyo er osti boyliklarini aniqlash uchun qimmatbaho manba 


hisoblanadi. Olim minerallarning xossasi unda atom zarrachalarining 
zichligiga bog‘liqligi to‘g‘risida muhim xulosa chiqargan. 
Olimning oxirgi ― “Dorivor o‘simliklar haqida kitob”ning qo‘lyozmasi 
Turkiyadan topilgan. Asar “Saydana” nomi bilan mashhur, unda Sharqda, 
jumladan, Turkistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning tavsifi berilgan. 
”Saydana”da tariflangan 1116 ta dori moddasining 107 tasini ma’danli 
moddalar, 880 tasini o‘simliklar, 101 tasini hayvoniy moddalar, 30 ga 
yaqinini murakkab dorivor dorilar tashkil qiladi. Bu dorilarning turli til va 
lahjalardagi nomiga Abu Rayhon Beruniy alohida e’tibor beradi. Nomlarning 
soni 450 ga yaqin bo‘lib, bu ishi bilan o‘sha davrdagi dorishunoslik 
atamalarini tartibga solishga katta hissa qo‘shgan. 
Uning maxsus tabiatshunoslik masalariga bag‘ishlangan kitoblari ham 
ijtimoiy fanlarning ko‘pgina sohalarini o‘ziga qamrab oladi. Bu xususda 
uning “Geodeziya”, “Minerologiya” va boshqa asarlarida tarix, adabiyot, 
tilshunoslik kabi sohalarga oid qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Masalan, 
“Minerologiya”da har bir qimmatbaho tosh yoki metallni tavsiflash 
jarayonida arab mumtoz shoirlarining o‘sha tosh yoki metall haqida yozgan 
she’rlaridan namunalar keltirilgan. Abu Rayhon Beruniy yoshlarni ilmga 
o‘rgatish jarayonida aqlga va tajribadan o‘tgan bilimga tayanish lozimligi 
to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan holda, bolalar bilishi va o‘rganishi zarur 
bo‘lgan fanlarni haqiqiy fanlar (
til, adabiyot, falsafa, tarix, etnografiya, 
she’riyat, psixologiya, matematika, fizika, jug‘rofiya, geodeziya, falakiyot, 
minerologiya, tibbiyot
)ga bo‘ladi. Bu fanlarning har biriga o‘z davrigacha 
bilimlarni umumlashtirib, o‘zining yangi xulosalari bilan katta hissa qo‘shdi. 
Jumladan, Abu Rayhon Beruniy umamun til, til ilmi haqida gapirib, til 
kishilar o‘rtasidagi aloqa va fikr almashuvi vositasigina emas, balki til ilmi 
barcha fanlarning asosini o‘rganish kaliti deydi. 
Alloma o‘z davrining eng ko‘zga ko‘ringan ilm-fan xomiysi edi. U 
mamlakat ravnaqini fan, ma’rifat rivojida ko‘rgan. Ilm-fan, ma’rifat saxovat 
xizmatini o‘tashi mumkin deb hisoblagan. U shunday yozadi: “Mening butun 
fikri-yodim, qalbim-bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan, chunki, men bilim 
orttirish lazzatidan bahramand bo‘ldim. Buni men o‘zim uchun katta baxt deb 
hisoblayman”
10
. Insonning eng oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, 
yoshlar haqida g‘amxo‘rlik qilishdan iboratdir. Buyuk mutafakkir doimo 
xalqlarning do‘stligi, inoq, ittifoq bo‘lib yashashi uchun kurashib keldi, 
insoniyat va u tomonidan yaratilgan madaniyatga qirg‘in keltiruvchi 
urushlarni qoraladi. Olim madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng 
tarqalishiga katta e’tibor bergan allomadir. 
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Ulug‘ qomusiy alloma 
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy dahosi bilan yaratilgan mislsiz
kashfiyotlarga to‘liq baho berishning o‘zi qiyin. Beruniyning 150 dan ziyod 
ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi etib kelganiga qaramasdan, alloma 
qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq bo‘lmagan namunalari ham 
10
S.Otamurodov va boshqalar Ma’naviyat asoslari. O‘quv qo‘llanma. ― Toshkent: “Meros”. 2002, 111-bet. 


uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi. 
Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va 
Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni 
taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini 
izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari 
ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va 
ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos 
soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari 
tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi bejiz emas”
11


Download 260,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish