8-Mavzu: Sharq uyg`onish davri madaniyati Reja



Download 260,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/27
Sana29.03.2022
Hajmi260,87 Kb.
#516517
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
8 mavzu matni (pdf)

Umar Hayyom 
(
G‘iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Hayyom 
Nishopuriy, 1048-1131
) -matematik, astronom, faylasuf, hakim va 
mutafakkir, shoir. Saljuqiylar hukmronligi davrida 
Malikshoh 
(1019-1092) 
da’vati bilan 1074-yilda Isfaxonda rasadxona qurilishiga va unga rahbarlik 
qilgan. Yulduzlar jadvali (
zij
), 1079 yilda yangi isloh qilingan taqvim 
(
kalendar
) tuzgan. Bu taqvim Evropada undan 500 yil keyin joriy qilingan 
Grigoriy kalendaridan ham aniqroq bo‘lgan. 
Umar Hayyom ilmda ham, ijodda ham o‘zini shayx ur-rais Abu Ali ibn 
Sinoning sadoqatli shogirdi hisoblagan. Abu Ali ibn Sino asarlarini 
arabchadan forschaga tarjima qilib, sharxlab bergan, uning g‘oyalarini davom 
ettirgan hamda targ‘ib qilgan. “Risolat ul-Kavn vat-taklif” (“Koinot va uning 
vazifalari haqida”), “Risola fi-l-Vujud” 
(“Borliq haqida risola”), 
“Risola fi 
kulliyoti vujud” 
(“Borliqning umumiyligi haqida risola”) 
kabi falsafiy 
asarlarida Abu Ali ibn Sinoning vorisi va izdoshi sifatida fikrlaydi. 
1077 yilda u yunon olimi Uqlidus, Evklid kitobidagi bir necha 
geometrik shakllarni sharhlab yozgan “Risola fi-l-barohiyn ala masoyil al- 
jabr va-l-muqobala” 
(“Algebra va muqobala”, Qarshilik nazariyasiisbotlari 
haqida risola”)
, “Mushkulot ul hisob” 
(“Arifmetika mushkulotlari”) 
asarlarida u yunon olimlarining aniq fanlarga oid fikrlarini arab tilida keng 
sharhlash bilan birga, ularning qarashlarini rivojlantirgan, matematik, fizik 
tenglamalar modellarini topgan. 
Umar Hayyom XII asr fors nasrining nodir namunasi hisoblangan 
“Navro‘znoma” asarida bu bayramning kelib chiqish tarixi, SHarq 
xalqlarining bu bayram bilan bog‘liq an’ana va marosimlarini keng yoritgan, 
ko‘plab hikoyat va rivoyatlar keltirgan. 
Umar Hayyomga uning ruboiylari jahonshumul shuhrat keltirgan. 
Ularda shoir dunyo, odam hayot mazmuni haqida fikr yuritadi. Ruboiylarida 
u materiyaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi, eskining emirilib, 
yangining paydo bo‘lishini (
kulol, ko‘za, tuproq haqida va boshqalar

ifodalaydi. Umuman, ishq va hayot, inson tafakkurining qudrati, umrning 
ma’nosi, insoniy fazilat va qusurlar, ma’rifat va jaholat kabi mavzular shoir 
ruboiylarining asosini tashkil etadi. 
Tez-tez uchrab turadigan may obrazi esa ilohiy muhabbat, hayot 
lazzatlarini ulug‘lash vositasidir. Firdavsiy masnaviyni, Hofiz g‘azalni 
qanchalik takomilga etkazgan bo‘lsalar, Umar Hayyom ham ruboiyni 
shunchalik yuksak mavqega ko‘targan. Umar Hayyom ruboiylari dunyoning 
deyarli barcha tillariga tarjima qilingan. 
Biz bu mavzuda SHarq uyg‘onish davrida yashab ijod qilgan eng 
buyuk alloma va ularning jahon fani va madaniyatiga qo‘shgan hissalari 
to‘g‘risida fikr yuritdik. Lekin bulardan tashqari ham yuzlab olim, shoirlar 
12
Karimov I.A. “O‘rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya 
rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutq. Asarlar to‘plami, 
22 jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2014, 283-284 betlar. 


ijod qilganlarki ularni to‘la qamrab olish qiyin. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki SHarq Uyg‘onish davri va uning 
omillari uchun ilm-fan va madaniyatning yanada yuksalganini ko‘ramiz. 
Madaniyatda dunyoviy ilmlar, islom ahkomlari, aqidalarning rivojlanishi, 
ularning jamiyat va odamlar manfaatlari nuqtai nazaridan talqin etilishi, 
insoniy do‘stlik, yuksak axloqiylik, komil inson shaxsining shakllanishi
qomusiy bilimdonlik shubhasiz, bashariyat ma’naviyati yuksalishining 
muhim mezonidir. 
Sharq uyg‘onish davri jahon mamlakatlarining madaniy va g‘oyaviy 
hayotida katta ijobiy rol o‘ynadi, bu davrda jahon madaniyatining eng nodir 
va bebaho asrlari yaratildi. SHarq uyg‘onish davri insoniyat taraqqiyotining 
benazr davridir. Allomalarimizning ilmiy va adabiy asarlari o‘tmishi va 
hozirda ham ma’naviyatimiz yuksalishiga xizmat qilib kelmoqda. 

Download 260,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish