- rasm. Hisobot yili foyddani taqsimlanishi va korxona xarajatlarini ularni moliyaviy natijalarni shakllantirishdagi ishtiroki bo’yicha tasniflanishi chizmasi
1- rasm. Hisobot yili foyddani taqsimlanishi va korxona xarajatlarini ularni moliyaviy natijalarni shakllantirishdagi ishtiroki bo’yicha tasniflanishi chizmasi
- foydaning umumiy summasi;
- asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlar amortizasiyasining summasini.
Sof daromadni umumiy summasiga quyidagilar kiradi:
- jamg’arma, iste’mol, sosial soha fondalari, rezerv sarmoyalari va devidendlarni to’lashga yo’naltirilgan sof foyda;
- asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlar amortizasiyasining summasini.
Mahsulotning daromad, sof daromad, mahsulotni sotishdan foydalar, taqsimlanmagan foyda bo’yicha hisoblab chiqilgan rentabelliligi aytib o’tilgan ko’rsatkichlarning sonli miqdorlarining sotilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida belgilanadi.
3. Korxona investision faoliyati samaradorligining qiyosiy – tahliliy ko’rsatkichlari Korxonalar invesstion faoliyati samaradorligini tahlil qilish va uning yangilik kiritishlar va investision loyihalarni amalga oshirish hisobiga o’zgarishini belgilash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq:
1) korxona mulkining daromadning umumiy summasi bo’yicha hisoblangan umumiy rentabeliligi va uni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
2) o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarni daromad bo’yicha hisoblangan umumiy rentabelliligi va uni htgan yilga nisbatan o’sishi;
3) asosiy mablag’lar nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zxiralarining daromad bo’yicha hisoblangan umumiy rentabelliligi;
4) korxona mulkning foydaning umumiy summasi asosida hisoblangan rentabelliligi, hamda bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
5) korxona mulkining sof daromad bo’yicha hisoblangan rentabelliligi va uni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
6) o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning rentabelliligi va uni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
7) asosiy mablag’lar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarining sof daromad bo’yicha hisoblab chiqilgan rentabelliligi va uni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
8) korxona mulkining sof foyda bo’yicha hisoblangan rentabeliligi hamda bu ko’rsakichning o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
9) o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning sof foyda bo’yicha bo’yicha hisoblangan rentabelliligi hamda bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
10) asosiy mablag’lar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarining foy foyda bo’yicha hisoblangan rentebelliligi, hamda bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
11) jamg’arma, iste’mol sosial soha fondlari, rezerv sarmoyalari va dividendlarni to’lashga yo’naltirilgan foydaning rentabelligi hamda bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
12) o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning daromadning umumiy summasi asosida hisoblab chiqilgan o’zini o’zi qoplashi muddati va bu ko’rastkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi;
13) o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning sof daromad asosida hisoblangan o’zini o’zi qoplashi muddati va bu ko’rsatkichni o’tish yilga nisbatan o’zgarishi;
14) asosiy mablag’lar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarining daromadlarning umumiy summasi asosida hisoblangan o’zini o’zi qoplashi muddati va bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi;
15) asosiy mablag’lar, moddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarni sof daromad asosida hisoblangan o’zini o’zi qoplashi muddati va bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi;
16) asosiy mablag’lar, moddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarni sof foyda asosida hisoblangan o’zini o’zi qoplashi muddati va bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi;
17) ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning 1 so’miga to’g’ri keluvchi uskunalarni saqlab turish va foydalanish va ishlab chiqarish inshootlarini saqlab turishga xarajatlar va bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi.
Sanab o’tilgan ko’rsatkichlardan ko’pchiligini hisoblash uslubiyoti ma’lum, qiyinchiliklar keltirib chiqarishi kerak emas. Ammo bo’zi bir ko’rsatkichlar bo’yicha tushuntirishlar berish kerak.
Yangilik kiritishlar va investision loyihalarning korxona investision faoliyati samaradorligiga ta’sirini tahlil qilish uchun sanab o’tilgan ko’rsatkichlarning faqat bir qismidan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, agar investisiyalar turli yo’nalishdagi xarakterga ega bo’lsalar va investision loyihalar, yanglik kiritishlarni amalga oshirishga, hamda qarz va bog’liq jamiyatlar, boshqa tashkilotlarga, 12 oydan ko’proq muddatda tashkilotlarga qarzlar berishga va boshqa uzoq muddatli kiritmalarga yo’naltirilsalar, unda bu investisiyalarning korxona investision faoliyati samaradorligiga ta’sirini umumlashtirilgan holda baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning daromad bo’yicha hisoblangan umumiy rentabelligi va un o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning daromad bo’yicha hisoblangan rentabelliligi va uni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning daromad yoki sof daromad bo’yicha hisoblangan o’zini o’zi qoplash muddati va bu ko’rsatkiyani o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, hizmatlar) ning so’miga to’g’ri keluvchi uskunalarni saqlab turish va foydalanish va ishlab chiqarish inshoatlarini saqlab turishga xarajatlar va bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi.
Agar investisiyalar yangilik kiritishlar sarmoyalarni tashkil qiluvchi investision loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirilsalar, unda bu investisiyalarning korxona investision faoliyati samaradorligiga ta’sirini umumlashtirilgan holda baholash uchun quyidagi ko’rsatgichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
asosiy mablag’lar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zahiralarining daromad va sof daromad asosida hisoblangan rentabelliligi va ko’rsatkichlarni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;
ishlab chiqarish zaxiralarini o’z ichiga oluvchi aborotdan tashqari aktivlarning daromad va sof daromad asosida hisoblangan o’zini o’zi qoplashi muddatlari va bu ko’rsatgichlarni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi.
Yangilik kiritishlar va innovasion loyihalar innovasion samaradorligining korxona investision faoliyati samaradorligiga ta’sirini tahlil qilishda xarakatlarning umumiy summasi va tugallanmagan qurilish bo’yicha xarajatlar miqdoridan xarajatlarning yangilik kiritishlar va innovasion loyihalarni amalga oshirish bilan asoslangan qismini chiqarib tashlash zarur.
Korxona investision faoliyati samaradorligi qiyosiy – tahliliy ko’rsatkichlarining tavsiya etilgan tizimi yuqorida bayon qilingan uslubiy yondashishlarni hisobga olish bilan quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
yangilik kiritishlar va investision loyihalar samaradorilgining umuman korxona investision faoliyati samaradorligiga ta’sirini belgilash;
korxona investision faoliyati samaradorligini oshirishning ichki rezervlarini aniqlash;
asosiy texnik – iqtisodiy omillar va soliqqa tortish tizimining korxona investision faoliyati samaradorligiga ta’sirini belgilash.