4. Innovasion va innovasion loyihalar samaradorligining qiyosiy – taxliliy ko’rsatkichlari Innovasiyalar (yangilik kiritishlar) va investision loyihalar samaradorligi qiyosiy – taxliliy ko’rsatkichlarining butun majmuasi uchta guruhga bo’linadi.
Birinchi guruhga yanglik kiritishlar va investision loyihalarni amalga oshirilishining korxona ishlab chiqarish faoliyati ko’rsatkichlariga ta’sirini tahlil qilish uchun mo’ljallangan ko’rsatkichlar kiritilgan ular yangilik kiritishlar va investision loyihalar (ilmiy – texnik tadbirlar) ning ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlari deb ataladilar.
Ikkinchi guruhga yangilik kiritishlar va investision loyihalarning korxona moliyaviy faoliyati samaradorligiga ta’sirini tahlil qilish uchun mo’ljallangan, yangilik kiritishlar va investison loyihalarning moliyaviy samaradorligi ko’rsatkichlari deb ataluvchi ko’rsatkichlar kiritilgan.
Uchinchi guruhga yangilik kiritishlar va investison loyihalarning korxona investisioln faoliyati samaradorligiga ta’sirini tahlil qilish uchun mo’ljallangan ko’rsatkichlar kiritilgan. Ular yangilik kiritishlar va investision loyihalar ilmiy-texnik tadbirlarning investision samaradorligi ko’rsatkichlari deb ataladi.
Yangilik kiritishlar va investision loyhalar ishlab chiqarish, moliyaviy va investision samaradorligining butun majmuasi bundan keyin (qisqartirish maqsadida) ilmiy-texnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini ko’rsatkichlari deb ataladi.
Ilmiy-texnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblash o’rta bosqichda o’tkaziladi:
- birinchidan- ilmiy-texnik tadbirlarning hisobot yilidagi iqtisodiy samaradorligi belgilanadi. Hisoblash natijalaridan ilmiy-texnik tadbirlarni aniq sharoitlarga nisbatan amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilish, ya’ni bu tadbirlarning loyihaviy (hisoblash) samaradorligini sarmoyadorlar talablariga mos kelishi darajasini o’rganish uchun foydalaniladi. Shuning bilan bir vaqtda hisoblash natijalari biznes rejalarini ishlab chiqish va korxona ishi iqtisodiy samaradorligini oshirishning xo’jalik ichki rezervlarini aniqlashda qo’llaniladilar;
-ikkinchidan- hisobot yiliga hisoblashdagi ilmiy-texnik tadbirlarning rejaviy va haqiqiy samaradorligi hisobot ma’lumotlaridan korxona ishi iqtisodiy samaradorligini oshirishning joriy rezervlari (o’tuvchi tejalishi) mo’ljallangan miqdorini belgilash, hamda ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligining loyihaviy (hisoblash) ko’rsatkichlarini o’zlashtirilganlik darajasini tahlil qilish uchun foydalaniladi. Joriy rezervning miqdori bunday tadbir yil boshidan tatbiq etilgan degan shartdan qilib chiqish bilan hisoblangan ilmiy-texnik tadbirlarning shartli samaradorligi va tadbir tatbiq etilgan paytdan boshlab hisobot yilining oxirigacha hisoblangan haqiqiy (rejaviy va amaldagi) samaradorlik o’rtasidagi farq sifatida belgilanadi;
-uchinchidan- ilmiy-texnik tadbirlarning ularni tatbiq etilgan paytidan hisobot yilining oxirigacha rejaviy va haqiqiy samaradorligi. Hisoblash natijalaridan ilmiy-texnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi bo’yicha biznes-rejalarni ishlab chiqish, ularni bajarilishini tahlil qilish, asosiysi esa- investision loyihalar va yangilik kiritishlarning korxona ishlab chiqarish, moliyaviy va investision faoliyati samaradorligini ta’riflovchi asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sirini belgilash uchun foydalaniladi.
Ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligi ko’rsatkilarini ishlab chiqish uchun ularni amalga oshirilishiga sababchi bo’lgan yakuniy rejadan kelib chiqish zarur. Shuning bilan birga ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligi ko’rsatkichlari tizimi korxona ishlab chiqarish, moliyaviy va investision faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari tizimi bilan to’liq moslashtirilgan bo’lishi kerak.
Shundan kelib chiqqan holda, ayrim ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligini belgilash uchun, fikrimizga ko’ra, umulashtiruvchi va xususiy ko’rsatkichlarning quyidagi tizimidan foydalanish zarur.