4.2. Ish haqiga xarajatlardan foydalanish samaradorligini ilmiy-texni tadbirlarni amalga oshirilishidan kelib chiqqan o’zgarishning xususiy ko’rsatkichlari: 1) aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish uchastkalaridagi mehnat unumdorligini o’sish sur’atlari va o’rtacha ish haqini o’sish sur’atlari o’rtasidagi nisbat;
2) aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish uchastkasidagi qo’shimcha qiymatni o’sishining har bir foiziga ish haqini qo’shish foizi;
3) o’z ichiga sosial zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida nisbatan tejalishi;
4) o’z ichiga sosial zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan bog’liq intensiv va ekstensiv harakatlar hisobiga foydani o’sishi;
5) o’z ichiga sosial ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirishi bilan bog’liq intensiv va ekstensiv xarakatlar hisobiga qo’shimcha qiymatni o’sishi;
6) o’z ichiga sosial zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirishi bilin bog’liq intensiv va ekstensiv omillarning harakati hisobida daromadni o’sishi:
7) qo’shimcha qiymat, foyda va daromadning o’z ichiga sosial zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan ularni o’sishining umumiy xammadagi intensiv va ekstensiv harakatlar hisobiga o’sishlarini ulushi;
8) xodimlar sonidan nisbatan tejalish.
4.3. Moddiy resurslardan foydalanishning samaradorligini ilmiy – texnik tdabirlarni amalga oshirish natijasida o’zgarishini xususiy ko’rsatkichlari: 1) mhasulotning aniq turlarini ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan material iste’mol qilishini pasayishi (material qaytarilishini oshishi );
2) ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida moddiy xarajatlarning nisbatan tejalishi;
3) moddiy xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan ilmiy –texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan bog’liq intensiv va ekstensiv omillar xarakatlari hisobiga foyda, qo’shishga qiymat va daromadni o’sishlari;
4) qo’shimcha qiymat, foyda va daromadni moddiy xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan ularni o’sishlarining umumiy hajmlaridagi intensiv omillar hisobiga o’sishlarining ulushlari;
5) ilmiy –texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarish zaxirilarini nisbatan tejalishi.