8.2-rasm. Marketing innovatsyalari.3
Bu o`zgartirishlar mahsulot iste`molchilarining ehtiyojlarini to`laroq qondirishga, sotish hajmini ko`paytirish maqsadida mahsulotlar va xizmatlar iste`molchilarining tarkibini kengaytirishga yo`naltirilgan bo`ladi. Mahsulot dizaynidagi o`zgartirishlar yangi marketing kontseptsiyasining bir qismi bo`lib, ular mahsulotning shakli va tashqi ko`rinishidagi o`zgartirishlarni o`z ichiga oladi. Bular mahsulotning funktsional va foydalanish xususiyalariga ta`sir ko`rsatmaydi. Shuningdek, bunday o`zgartirishlarga qadoqlanishi tashqi ko`rinishini ta`riflab beruvchi iste`mol mahsulotlari, ichimliklar, yovish vositalari kabi mahsulotlarning qadog`idagi o`zgartirishlar ham kiradi.
Mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo`yicha yangi uslublardan foydalanish sotishni kengaytirish bilan bog`liqdir. Bunga logistika (xomashyo, tarkibiy qismlar va tayyor mahsulolarni tashish va omborxonalarda saqlashni boshqarish) uslublari kirmaydi. Mahsulot (xizmat)larni bozorga tanitish va olib chiqishning yangi uslublaridan foydalanish tashkilotning mahsulot va xizmatlarini olib chiqish uchun yangi kontseptsiyalardan foydalanishni anglatadi.
3. Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar
Hozirgi kunda innovatsiyalarni amalga oshirishni rag’batlantiruvchi asosiy kuch sifatida, tovar bozorlaridagi keskin raqobat sharoitidagi potentsial daromad miqdori xizmat qilishi mumkin. Innovatsiyaviy o’zgarishlar omillari o’rtasida: uskunalar xarid qilish, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar keng tarqalgan. Ichki va tashqi bozorlarda keskin raqobat mavjudligi innovatsiyalarning asosiy maqsadlarini belgilaydi.
Innovatsiyaviy jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishdagi roli texnologik bazani yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni egallash va bu bilan iqtisodiy o’sishning yanada yuqori sur’atlariga erishishda o’z aksini topadi. Innovatsiyaviy rivojlanish omillari zamonaviy bosqichdagi iqtisodiy o’sishning asosini tashkil etgan holda, ishlab chiqarish sohasining ko’pgina xususiyatlarini ham belgilaydi.
Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar – tashkilotning mahsulotlar va xizmatlar bilan savdo qilishi uchun yangi narx strategiyalaridan foydalanishini bildiradi. Marketing vositalaridagi mavsumiy, doimiy yoki boshqa joriy o`zgarishlar, agar ular yangilik olib kelmasalar, marketing innovatsiyalari hisoblanmaydi. Mahsulotlar bo`yicha innovatsiyalar bilan marketing innovatsiyalarini bir-biridan farqlovchi asosiy mezon – bu mahsulotning funktsiyalarida yoki undan foydalanish usullarida jiddiy o`zgarishlar mavjudligidir. Agar mahsulot va xizmatlarning funktsional yoki foydalanish xususiyatlari mavjud mahsulot va xizmatlarnikidan ancha yaxshilangan bo`lsa, bu mahsulotlar bo`yicha innovatsiyalar hisoblanadi. Mahsulot dizaynidagi o`zgarishlar esa, agar uning funktsional yoki iste`mol xususiyatlari sezilarli darajada o`zgarmagan bo`lsa, bu marketing innovatsiyalari hisoblanadi.
Jarayonlar bo`yicha va marketing innovatsiyalari o`rtasidagi farq quyidagicha namoyon bo`ladi. Jarayonlar bo`yicha innovatsiyalar mahsulot birliklariga xarajatlarni kamaytirish yoki sifatini oshirishga yo`naltirilgan ishlab chiqarish va mahsulotlarni etkazib berish usullarini takomillashtirish bilan bog`liqdir. Marketing innovatsiyalari esa sotish hajmini yoki mahsulotlar narxini (yangi narx strategiyalarini qo`llagan holda) oshirishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |